Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

FIFA uchun yangi nafas - Fatima Samura

FIFA uchun yangi nafas - Fatima Samura

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFAda Janni Infantinodan keyinda turuvchi ikkinchi rahbar, Buyuk Britaniyaga xushi yo‘q, «Bavariya»ga xushi bor ayol. Bu – xalqaro futbol uyushmasi bosh kotibi Fatima Samura.

Senegallik ushbu xonim 55 yoshda va u FIFA tarixida bosh kotib lavozimini egallagan birinchi ayoldir. Eslasangiz, Janni Infantino 2016 yilning may oyida mas’uliyati katta rahbar majburiyatlarini unga topshirib, katta shov-shuv ko‘targandi.

Zero, o‘sha vaqt Samura xonim ko‘pchilikka notanish edi. Mana, oradan chamasi 2 yil o‘tdi va endi Forbes jurnali uni jahon sportida eng kuchli ta’sirga ega ayol sifatida e’tirof etmoqda.

BMT

Aslida Samura xonim katta ish tajribasiga ega - BMTda 20 yildan ko‘proq vaqt faoliyat yuritgan. «Ishim yuzasidan eng inqirozli hududlarda bo‘lganman: Liberiya, Syerra Leone, Nigeriya, Darfur, Afg‘oniston, Bangladesh, Kosovo...

Zimmamdagi asosiy vazifa insonvarparlik yordamlarini belgilangan manzillarga yetib borishini ta’minlash, yuklarni olib o‘tish uchun xavfsiz yo‘nalishlarni hozirlashdan iborat edi. Shuningdek, odamlarni jangovar harakatlar joyidan olib chiqish bilan shug‘ullanganman, gohida insonparvarlik tashkilotlarining o‘g‘irlab ketilgan xodimlarini qutqarish uchun jangarilar bilan muzokara jarayoniga kirishishimga to‘g‘ri kelgan...», - deya eslagandi afrikalik jasur ayol BMTdagi faoliyatini Spiegel nashriga bergan intervyusida.

U Janni Infantino bilan Madagaskarda, mamlakat milliy jamoasining Senegal termasiga qarshi o‘yini chog‘i tanishgan. O‘sha vaqt Infantino hattoki, FIFAni boshqarishga nomzodlar qatorida ham emasdi. Chunonchi, Yozef Blatter va Mishel Platini o‘rtasidagi mojarolar endi-endi ildiz ota boshlagandi.

Hayot maktabi

Samura xonim Infantino bilan ko‘rishishga qadar bir qator qiyinchiliklar va tahlikali holatlarni boshidan o‘tkazgan. U hattoki, necha martalab o‘limga ro‘baro‘ kelgan. Misol uchun, Fatima boshqaruvidagi insonvarparlik konvoyi Liberiya yo‘nalishida askar-bolalar hujumiga uchragan.

Ular barcha oziq-ovqat mahsulotlariyu, kiyim kechaklarni talan-taroj qilishgandi. Samura xonim esa o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsada, ushbu yoqimsiz vaziyatni tinchlik yo‘li bilan bartaraf etgan. Sudanda esa xayriya tashkiloti vakilini otib tashlashgan.

Fatimaning aytishicha, o‘shanda bechora xodim shunchaki, cho‘ntagiga qo‘l suqib, telefonini olgan, biroq muxolif tomondagilar buni qurol o‘rnida ko‘rib, darhol o‘q uzishgan. Rahbar ayol shunda ham bosiqlikni saqlab, katta otishma ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymagan.

«Hozir atrofimda o‘q ovozi eshitilmayotganidan xursandman» - Fatima Samura BMTda yanada yuqoriroq mansabga erishish imkoniyatiga ega bo‘la turib, faoliyatini nega FIFAda davom ettirishni ma’qul ko‘rgani xususidagi savolga shunday javob bergandi.

Kelajak umidi

Janni Infantino senegallik ayolni FIFAning yangi bosh kotibi sifatida tanishtirar ekan, shunday degandi: «Hammasi oddiy - tashkilot kengashi aynan Samura nomzodini yoqladi. Endi u shu kengash ishlab chiqadigan strategiyani hayotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi.

Shaxsan men har bir alohida shaxsning o‘ziga xos salohiyatiyu, xilma-xillik masalasida ideal yo‘l topilishiga shubhalanmayman. Shuning barobarida quruq so‘zlar emas, balki faktlarga ishonaman. Fatima - bosh kotib roliga eng munosib nomzod.

U FIFAga yangicha nafas olib kiradi. Har holda, hozir yangi «qon tomchisi»ga ehtiyojimiz bor. Samurani yaxshi bilaman - u o‘tmish emas, kelajak siymosi. Umuman, hayotda ham, futbolda ham teng huquqlik qaror topishiga ishonamiz».

Ayollar futboli elchisi

Samuraning ta’kidlashicha, ayollar futboli taraqqiyoti jahon hamjamiyatiga har tomonlama ijobiy ta’sir o‘tkazadi. «Deylik, futbol bilan shug‘ullanadigan qizlarda o‘z tanalariga munosabat keskin o‘zgaradi. Ular shuning barobarida kurashda himoyalanishni o‘rganishadi.

Xususan, Senegalda shunday katta muammo borki, ko‘plab qizlar boshlang‘ich maktabdagi tahsildan keyin aytarli hech narsa bilan shug‘ullanmaydilar. Ko‘pchilik erkaklarning turli-tuman va’dalariyu, shohona hayot haqidagi yolg‘onlariga uchib, shunchaki, yo‘ldan adashadi, - deydi Fatima Samura.

- Hattoki, ayrim qizlar ko‘zda tutilmagan homiladorlik oqibatida maktabdan ham erta chiqib ketishadi. Shu tariqa o‘z kelajaklarini barbod qilishadi. Ishoning, agar qizlar sport, jumladan, futbol bilan jiddiy shug‘ullanishsa, bunday ayanchli oqibatlar sezilarli darajada kamayadi.

Chunki sport hammani avvalo, o‘zini qadrlash ruhida tarbiyalaydi. Aks holda, hech kim g‘alaba qozonish yo‘lida bunchalik jon koyitmasdi. Demakki, sport - bu g‘ururni shakllantirish vositasi».

Buyuk Britaniyani xush ko‘rmaslik

Samura xonim FIFAda ish boshlaganidan buyon bir qator keskin bayonotlari bilan e’tiborga tushdi. U xususan, Angliya va Shotlandiya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda birinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga atalgan ramzni ko‘rsatish taqiqlanishi zarurligini ta’kidladi: «Nega endi atigi bitta mamlakatga istisno holat boru, dunyoning qolgan qismi uchun yo‘q?»

Biroq mag‘rur angliyaliklar bu gaplardan pinak ham buzishmadi va futbolkalarga ko‘knor guli ramzini tushirishdi. Oqibatda ularga nisbatan moddiy jazo chorasi qo‘llanildi, shuningdek, shotlandlarga ham.

Ahil oila bekasi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:37, 22.04.2018.
O'qildi: 5790 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.