Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Nasaf"da nimalar bo‘lyapti?

"Nasaf"da nimalar bo‘lyapti?

Baho:
+1 | -

Sport.uz portalida mamalakatimizning eng yaxshi klublaridan biridagi ahvol haqida maqola e’lon qilindi. Quyida maqolani to‘lig‘icha o‘qing.

O‘zbekistonning 2017 yildagi eng yaxshi futbol akademiyasi faoliyati to‘xtatilmoqda(mi?)

So‘ngi yillarda mamlakatimizda futbolga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Ushbu sport turida yurtimizda keng miqiyosda islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa faqatgina O‘zbek futbolining rivojiga xizmat qilishi shubhasiz. Futbolimizdagi islohatlarning dastlabki mevasini yil boshida Xitoyda o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi vakillarimizning chempionligi zamirida ko‘rdik. Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi ham terma jamoamiz a’zosi bo‘lganligi ham quvonarli hol albatta.

Ushbu turnirga mamlakatimizning ko‘plab jamoalaridan futbolchilar yig‘ib olib ketilgan edi. Asosiy tarkibning bir qator futbolchilari esa Qarshining “Nasaf” futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilaridir… Nega aynan “Nasaf”? Chunki hozir aynan shu jamoa va uning akademiyasining keyingi taqdiri ko‘pchilikni havotirga solmoqda.

Sababi, qashqadaryolik futbol muxlislari tomonidan tahririyatimizga ko‘plab maktublar kelmoqda. Hususan "Nasaf" FMning 2002 yilda tug‘ilgan tarbiyanuvchilarining ota-onalar kengashi raisi - Norqobilov Baxtiyorning bizga murojaati mazmunida: Qarshidagi futbol akademiyasi ish faoliyati to‘xtatilgani, yosh futbolchilar turar joyi yopilgani va oziq ovqat bilan ta’minlash to‘xtatib qo‘yilgani, tarbiyalanuvchilar esa stadion hududidagi futbol maydonlariga uylaridan qatnab mashg‘ulot o‘tkazayotganliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Bu achinarli holat emasmi? 2017 yilgi mavsumda O‘zbekiston FA tomonidan mamlakatning eng yaxshi akademiyasi deb topilgan “Nasaf” futbol maktabi bugun mana shunday qarovsiz ahvolda tursa… Shu yilning O‘zbek futboli dovrug‘iga hissa qo‘shgan Odiljon Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Sharof Muhitdinov, Bobir Abdiholiqov, Islom Rashidxonov, Doniyor Narzullayev va yana boshqa bir qator ite’dodlarni yetkazib bergan akademiyaning bugungi ahvoliga shunchaki ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Shu vaqtga qadar akademiyani klub o‘z byudjetidan moliyalashtirib kelgan, ammo yaqin vaqt ichida “Nasaf”ning ahvoli ham tang ahvolga kelib qoldi. Klubning o‘rinbosarlari ham umuman ta’minotdan uzilib qolgan, ular istiqomat qilayotgan bazaning faoliyati ham to‘xtatilgan. Yoshlar ligasida o‘ynaydigan futbolchilar ham akademiya tarbiyalanuvchilari kabi uydan o‘yinlarga qatnashmoqda, Qolaversa Superliga 8-turida “Nasaf” safarda AGMKga qarshi o‘ynaydi. Ushbu o‘yindan bir kun avval o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar ligasi bahsida “Nasaf” yoshlari klubdagi inqiroz sabab bora olmasliklari ehtimoli katta! Xattoki, klubning ikkinchi avtobusga yoqilg‘i to‘ldirishga ham qurbi yetmay qolganiga nima deymiz? Klubning asosiy tarkibi esa o‘yinlarga qarz evaziga borayotgani ham kishini havotirga solmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, bosh homiy ham Qashqadaryoning Superligadagi yagona va bosh jamoasini moliyalashtirmay qo‘ygan.

Biz ham O‘zbek futboli tarixida shonli iz qoldira olgan va doimiy ravishda yangidan yangi iste’dodlarni tarbiyalab berayotgan “Nasaf” futbol klubi va klub qoshidagi futbol akademiyasi taqdiriga befarq bo‘la olmaymiz. Umid qilamizki, klubdagi bu inqiroz vaqtincha va u tez orada o‘z yechimini topadi. Har holda, futbolni rivojlantirish borasida buyuk ishlar qilinayotgan bir vaqtda ajoyib infrastrukturaga ega klub bu tariqa yo‘q bo‘lib ketmasligiga ishonamiz.

Azamat Umarov

Manba: Sports.uz
Kiritildi: 19:41, 23.04.2018.
O'qildi: 12347 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.