Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Prevyu: «Istiqlol» - «Dinamo»

Prevyu: «Istiqlol» - «Dinamo»

Baho:
+ | -

Pro-Liga 4-turi doirasida “Dinamo” jamoasi Farg‘onada “Istiqlol” klubi mehmoni bo‘ladi.

Yangi mavsumni “Dinamo” uchun omadli boshlandi deyish qiyin. Klub O‘zbekiston Kubogi doirasida nimchorak finalga chiqqan bo‘lsada, Pro-Liganing dastlabki ikki bahsida ochko yo‘qotdi. Jumladan, 1-turda “Norin” bilan safarda nursiz durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda dam oldi, 3-turda esa “Mash’al” bilan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

4-turdagi g‘alaba “Dinamo” uchun juda zarur. O‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo‘ygan jamoa bu safar 3 ochkoni qo‘lga kiritishi shart.

O‘yin vaqti nega ko‘chirildi?

Pro-Liga 4-turi doirasidagi “Istiqlol” – “Dinamo” uchrashuvi o‘yin vaqti soat 16:00ga ko‘chirildi. O‘yin belgilanganidek Farg‘onadagi “Istiqlol” markaziy stadionida emas, Qirguli maydonida o‘tkaziladi.

Bunga sabab “Istiqlol” stadionida Superliga doirasidagi “Neftchi” – “Metallurg” bahsining soat 18:00 boshlanishidir.

Pro-Liga. 4-tur.

24 aprel (seshanba)

“ISTIQLOL” – “DINAMO”

Stadion: Farg‘ona, Qirguli.

O‘yin boshlanish vaqti: 16:00

Tarkibda qanday o‘zgarishlar bor?

“Mash’al” bilan bahsda jarohati bois klubning yetakchilari Ilhom Yunusov va Akmal Bozorovlar maydonga tusha olishmagandi. Bu safar ham ushbu futbolchilarning maydonga tushishi so‘roq ostida. Qolaversa, “Mash’al” bilan bahsda jarohat olgan asosiy himoyachi Viktor Grigoryev ham tarkibda yo‘q.

Uchrashuvni kim boshqaradi?

Farg‘onadagi o‘yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘yin nazoratchisi Aleksandr Popov, komissarlik ishi esa Baxtiyor Namozovga topshirilgan.

Raqib jamoa haqida

«Dinamo» jamoasining bugungi raqibi “Istiqlol” klubi o‘tgan turda “Norin” jamoasini safarda mag‘lub etishga erishdi.

Shu kuni jamoa quydagi tarkibda maydonga tushdi:

«Istiqlol»: Eldor Isaboyev, Aziz Madaliyev, Iqbol Boboxonov, Jasur Yormamatov, Abduxoliq Qurbonov, Sherdor To‘xtasinov (Kamron Mamasoliyev, 84), Riza Ayvazov (Temur Tolipov, 70), Elyor Akbarov (Jahongir Dadaboyev, 84), Rustam Abduhamidov (Sardor Telyakov, 89), Sanjar Asqaraliyev, Qahramon Mahamadjonov.

“Istiqlol”ning Pro-Ligadagi natijalari:

1-tur: Orol – Istiqlol – 1:4

2-tur: Istiqlol – Andijon – 0:4

3-tur: Norin – Istiqlol – 0:1

4-tur: Istiqlol - Dinamo

“Dinamo”ning Pro-Ligadagi natijalari:

1-tur: Norin – Dinamo – 0:0

2-tur: dam oldi

3-tur: Dinamo – Mash’al – 0:1

4-tur: Istiqlol – Dinamo

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:09, 24.04.2018.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик