O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichi bahslari yakunlandi va chorak finalda ishtirok etadigan barcha sakkiz jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Nimchorak final natijalariga ko‘ra, "Guliston", "Neftchi", "So‘g‘diyona", "Navbahor", "Lokomotiv", "Andijon", OKMK va "G‘azalkent" musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
1/8 finalda "Guliston" "Surxon"ni 1:0, "Neftchi" "Paxtakor"ni 1:0, "So‘g‘diyona" QMU Jayxunni 2:0, "Navbahor" "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. "Lokomotiv" "Bunyodkor"dan 1:0 ustun keldi.
"Andijon" — "Olimpik Mobiuz" bahsi 2:2 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida andijonliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. OKMK "Xorazm"ni, "G‘azalkent" esa "Qo‘qon-1912"ni bir xil — 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston Kubogi chorak finaliga qur’a tashlash marosimi ertaga soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.















