Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti Toshkentga keladi

Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti Toshkentga keladi

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov sport sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

28-29 aprel kunlari Umid Ahmadjonov taklifiga binoan Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayh Ahmad al-Fahad al-Sabax boshchiligidagi delegasiya yurtimizda mehmon bo‘ladi.

O‘zbek sportida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar yo‘lida respublikada iqtidorli sportchilar zaxirasini shakllantirish, ularning sonini oshirish, xalqaro arenalarda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlashda fan va tibbiyotning ahamiyatini hisobga olgan holda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Osiyo Olimpiya Kengashi delegasiyasining poytaxtimizga tashrifi davomida tomonlar rasmiy uchrashuv o‘tkazish bilan bir qatorda, hamkorlik alqalarini yanada rivojlantirish, sportchilarimizning Jakartadagi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni, mamlakatimizda sport taraqqiyoti va Olimpiya harakatiga oid boshqa masalalarni ham muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan.

Delegasiya tarkibidan shuningdek, Husayn al-Musallam (Osiyo olimpiya kengashi Bosh kotibi), Haydar Farmon (Osiyo Olimpiya Kengashi "Osiyo o‘yinlari-2018" direktori), Lyusen Alvares (Osiyo Olimpiya Kengashi kotibi), Ahmad Aziz al Attiya (Osiyo Olimpiya Kengashi media ofiseri)lar o‘rin olgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:46, 25.04.2018.
O'qildi: 2266 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик