“Las-Palmas” prezidenti Migel Anxel Ramires “Gran Kanariya” aeroportida hibsga olindi. Bu haqda “Football Espana” xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramires ko‘plab mablag‘larni noqonuniy tarzda o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanmoqda. Soliq tashkilotlarining ta’kidlashicha, prezident 9 mln yevro miqdorida soliq to‘lamagan.