Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Vitinyani «Real»ga sotish shartini ma’lum qildi

«PSJ» Vitinyani «Real»ga sotish shartini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. El Nacional nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh Parij klubi rahbariyatidan mijozining transferi bo‘yicha «qirollik klubi» bilan muzokaralarga ochiq bo‘lishni so‘ragan.

Madridliklar agar «PSJ» rozilik bersa, portugaliyalik xavbek bo‘yicha muzokaralarni zudlik bilan boshlashga tayyor. Biroq parijliklar o‘z yulduzini 100 million yevrodan kam bo‘lgan summaga qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Vitinya joriy mavsumda «PSJ» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Kiritildi: 20:12, 25.04.2026.
O'qildi: 13137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик