Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»ning «Betis»ga qarshi o‘yinidan so‘ng emosional holat (foto)

«Real»ning «Betis»ga qarshi o‘yinidan so‘ng emosional holat (foto)

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi futbolchilari Trent Aleksander-Arnold, Jud Bellingem, Antonio Ryudiger va Eduardu Kamavinga Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Betis»ga qarshi o‘yin (1:1) yakunlanganidan so‘ng maydonga qulashdi. Mazkur bahsda «qaymoqranglilar» 90+4-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqarishgan edi.

La Ligadagi 32 ta uchrashuvdan so‘ng «Real» 74 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. «Qaymoqranglilar» peshqadam «Barselona»dan sakkiz ochkoga ortda qolishmoqda, shu bilan birga «ko‘k-anorranglilar» hisobida bitta zaxira o‘yini ham mavjud. Keyingi turda Alvaro Arbeloa shogirdlari «Espanyol»ga qarshi bahs olib borishadi (3 may). O‘yin Barselonadagi «Kornelya-El Prat» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:31, 25.04.2026.
O'qildi: 2104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик