«Barselona» vingeri Rafinya Dias La Liganing «Elche»ga qarshi uchrashuvida (5:0) hujumchi pozisiyasida ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi.
29 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu bahsda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘yindan keyin Rafinyadan hujumchi sifatidagi harakatlari va «Barselona»ga yangi forvard kerak yoki kerak emasligi haqida so‘rashdi.
«Bu masalani Deku, Laporta va Flik ixtiyoriga qoldirgan bo‘lardim. Men hujumchi sifatida ham o‘ynay olaman. Maydonning istalgan nuqtasida harakat qilish men uchun qulay. Turli pozisiyalarga moslasha olaman», — dedi Rafinya.
«Elche»ga qarshi uchrashuvda Fermin Lopes ham dubl qayd etdi. «Barselona»ning yangi futbolchisi Karim Adeyemi esa bitta golga mualliflik qildi.













