Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peres Garsiyaning transferini bloklagani ma’lum bo‘ldi

Peres Garsiyaning transferini bloklagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Fran Garsiya yanvar oyida jamoani tark etishi mumkin edi.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning xabariga ko‘ra, Madrid klubi APL jamoalaridan biridan 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha 30 million yevrolik taklif olgan. Futbolchi «Real»dan ketishga rozi bo‘lgan, Alvaro Arbeloa ham ushbu transferga «yashil chiroq» yoqqan edi.

Biroq «Real» prezidenti Florentino Peres taklifni ko‘rib ham chiqmasdan, Garsiyani qo‘yib yuborishdan qat’iyan bosh tortdi. Peres buni o‘z falsafasi va tamoyillari masalasi deb hisoblaydi — u hech qachon yanvar oyida futbolchilarni qo‘yib yubormaydi. Peresning strategiyasi juda aniq — yanvar oyida hech qanday xaridlar va hech qanday sotuvlar amalga oshirilmaydi.

Kiritildi: 18:45, 25.04.2026.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик