“Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal YECHL yarim finali javob o‘yinida maydonga tushmaydi.
“Marca” nashrining yozishicha, himoyachining tizzasidagi jarohatidan forig‘ bo‘lishi uchun kamida ikki-uch hafta ketadi. Demak, Karvaxal “Bavariya”ga qarshi YECHL yarim finali javob o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Ammo u agar “Real” “Bavariya” to‘sig‘idan o‘tsa, turnir finalida maydonga tushishi mumkin.