Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

UYEFA Rossiya bo‘yicha rasmiy qaror qabul qildi

UYEFA Rossiya bo‘yicha rasmiy qaror qabul qildi

Baho:
+1 | -

Rossiya futbol ittifoqi klublarning yevrokuboklardan chetlatilishi oqibatida reytingda antirekord natija qayd etdi.

Sports.kz xabariga ko‘ra, Rossiya UEFAning besh yillik koeffisiyentlar jadvalida 26-o‘rindan 30-o‘ringa tushib ketdi. Natijada mamlakat Ozarbayjon, Slovakiya, Bolgariya va Serbiyaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

Rossiya 2022 yil fevral oyidan buyon rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti va UEFAdan faqat minimal kompensasiya ballarini olmoqda. 30-pog‘ona esa Rossiya uchun XXI asrdagi eng yomon natija bo‘ldi.

Agar reytingdagi pasayish davom etsa, Rossiya klublari xalqaro maydonga qaytgan taqdirda ham yevrokuboklarda ishtirokni saralash bosqichlarining ilk davralaridan boshlashlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya klublari yevrokuboklarga eng erta 2027/2028 yilgi mavsumda qaytishi mumkin. Chunki UEFA ularning chetlatilishini rasman 2026/2027 yilgi o‘yin mavsumi davomida ham saqlab qoldi.

Rossiya futbol rasmiylari, jumladan RPL rahbari Aleksandr Alayev, 2027 yil kuzini mamlakat klublarining xalqaro maydonga to‘liq qaytishi uchun eng real va optimistik muddat sifatida baholamoqda.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:30, 15.08.2026.
O'qildi: 6135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик