Zo‘r TV telekanali Ispaniya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Elche" — "Barselona" uchrashuvini jonli efirda namoyish etadi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, translyasiya 23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi soat 00:20 da boshlanadi. Bahsni "Zo‘r Pley" platformasi orqali ham tomosha qilish mumkin. Uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da chalinadi.
O‘yin Elche shahridagi "Manuel Martines Valero" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu amaldagi chempion "Barselona"ning 2026/27 yilgi La Liga mavsumidagi dastlabki uchrashuvi bo‘ladi. "Elche" esa birinchi turda "Deportivo" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.













