«Al-Hilol» bosh murabbiyi Simone Inzagi portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluning jamoadagi kelajagi klub rahbariyati tomonidan hal etilishini ma’lum qildi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati o‘yini uchun qaydnomaga kiritilmagan bo‘lsa-da, jamoa bilan standart rejimda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
«U jamoa bilan odatdagidek shug‘ullanmoqda. Uning kelajagi va klubda qolish-qolmasligi masalasiga kelsak, bu rahbariyatga beriladigan savol», — dedi Inzagi.
32 yoshli Kanselu xizmatlariga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda va futbolchining o‘zi ham Kataloniyaga qaytish ishtiyoqida. Avvalroq klublar transferni 10 million yevro evaziga hal qilishga yaqin kelgan edi, biroq «Al-Hilol» tomoni narxni 15 million yevrogacha oshirdi.













