Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Inyesta “Barselona”da birinchi bor nega yig‘lagan?

Inyesta “Barselona”da birinchi bor nega yig‘lagan?

Baho:
+ | -

Shunday futbolchilar borki, ularni yomon ko‘rib bo‘lmaydi. Hatto u senga yoqmaydigan, sen muxlislik qilmaydigan klubda o‘ynasa ham. Shunday futbolchilar borki, xato qilganida ko‘z yumib keta olasan. Chunki ularning xatosi ham bir san’at. Shunday futbolchilar borki, ularsiz futbol huvillab qoladi. Bunday futbolchilarning o‘rnini kimdir bosa olishiga ishona olmaysan. Shunday futbolchilar borki, qatorlashib gollar urmasa ham, zargarona o‘yini tufayli uni beixtiyor hurmat qilaverasan. “Barselona” maestrosi — Andres Inyesta ana shunday futbolchilar sirasiga kiradi.

SADOQATNING BOSHLANISHI

Inyesta ayni damda «Barselona» sharafini himoya qiladi. Klubning eng sadoqatli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ammo o‘z vaqtida ispaniyalik futbolchi “Barselona”ning ashaddiy raqibi — “Real” safiga ham o‘tishi mumkin edi, ammo bu variant futbolchining ota-onasiga ma’qul kelmagan. Natijada Inyesta “Barselona” a’zosiga aylangan.

HAQIQIY O‘G‘IL

Inyesta — kambag‘al oiladan chiqqan futbolchi. U to “Barselona” safiga o‘tmagunicha oilasining doimiy turar-joyi bo‘lmagan. Ota-onasining ijarada yashab yurganidan qiynalgan, ammo bu kamchilikni to‘ldirishga imkoni bo‘lmagan futbolchining orzusi “Barselona”da ushaldi. Inyesta klubda o‘ynay boshlagach, dastlabki uch oylik maoshini jamg‘arib, ota-onasiga uy olib berdi.

YAGONA KLUB — YAGONA MUHABBAT

Andres Inyesta 1996 yilning sentyabrida, 12 yoshida “Barselona” maktabiga a’zo bo‘lgan. Shundan keyin u umuman jamoasini almashtirmaydi, dastlab “Barselona”ning bolalar jamoasida, keyin esa “Barselona B”da to‘p suradi. Ayni damda esa “Barselona”ning asosiy jamoasida to‘p surmoqda. Vaholanki, Inyestaga ko‘plab jamoalar yaxshigina shartnomalar taklif qilishgan, ammo u o‘tmagan, axir “Barselona”ni jon-dilidan yaxshi ko‘rsa, nima qilsin?

MAYDONDAGI AFSUNGAR

Andres Inyestaga muxlislari bir nechta laqab qo‘yib ulgurishgan. Unga dastlab “Ajal” deb laqab berishgan. Nega deysizmi? Bunga Inyestaning rangparligi, yuz rangining xiraligi sabab bo‘lgan ekan.

Bundan tashqari, futbolchini maydondagi xatti-harakatlari tufayli “Afsungar” deb ham chaqirishadi.

DASTLABKI KO‘Z YOSHLAR

Andres Inyesta “Barselona”da dastlab nega ko‘z yosh to‘kkanini bilasizmi? Futbolchi “Barselona”ning bolalar jamoasida o‘ynab yurganida klub libosiga hurmati o‘zgacha bo‘lgan. Bu paytda ba’zan otasiga fermerlik ishlarida ham yordam beriib turadigan bolakay ishdan qaytgach futbolkani ushlashdan oldin qo‘lini tozalab yuvarkan. Ammo bir kuni tasofidan klub futbolkasini iflos qilib qo‘ygan. Ana shunda Inyesta “Barselona” libosini iflos qilib qo‘ydim”, deb yig‘lagan ekan. Otasi esa uni “Yig‘lama, senga yangi libos berishadi”, deya amallab ovutgan.

UZUM SHAYDOSI

Yuqorida “Barselona”ning fermerlik bilan shug‘ullanganini aytib o‘tdik. Futbolchi keyin ham bu ishini tashlamagan. U uzumzoriga boshqacha mehr qo‘ygan. Bu uzumzorni esa futbolchining otasi Xose Antonio boshqaradi. Andres Inyesta o‘zining qizil, oq va pushti rang ichimliklari bilan mashhur.

NOYOB NATIJA

Inyesta 2012 yilda Ispaniya termasi bilan Yevropa chempionatida zafar quchgan, o‘ta noyob natija qayd etdi. U 7 ta katta final uchrashuvlarida qatnashgan va barchasida zafar quchgan: Chempionlar ligasida to‘rt marta (2006, 2009, 2011, 2015),Evropa chempionatida ikki marta (2008, 2012) vajahon chempionatida (2010).

XALOSKOR

Inyesta 8 yoshdan 12 yoshgacha “Albasete”ning bolalar jamoasida o‘ynagan. 2011 yilda esa u klubning xaloskoriga aylangan.

Gap shundaki, “Albasete” juda katta qarzga kirgandi. Hatto futbolchilardan ham qarzi ko‘p edi. Klub kasodga uchrash ostonasida turganida so‘nggi choraga qo‘l uradi — aksiyalarini sotishga qaror qiladi. Shunda ham inqirozga uchrash arafasida turgan jamoaning aksiyalarini hamma-ham sotib olavermasdi. Ana shunda Inyesta jamoa joniga ora kiradi. U “Albasete”ning aksiyalari evaziga klub hisob-raqamiga 420 ming yevro o‘tkazib beradi. Bu o‘sha paytda juda katta summa edi.

Oradan ikki yil o‘tgach, yana shu holat takrorlanadi. “Albasete” tag‘in moliyaviy inqirozga duch keladi. Shunda Inyesta matbuot orqali ommaga murojaat qilib, klubga yordam berishga chorlaydi. Biroq o‘sha paytda Ispaniyadagi inqiroz bunga yo‘l qo‘ymaydi, oqibatda Inyesta yana shaxsiy jamg‘armasidan pul sarflashga qaror qiladi.

HAQIQIY INSONPARVARLIK

Andres Inyesta jahon chempionati finalida Gollandiya darvozasiga hal qiluvchi golni kiritgach, libosini yechadi va quyidagi yozuvni ko‘rsatadi: «Daniel Jarque: siempre con nosotros», ya’ni Dani Xarke doim biz bilan. Inyesta faoliyatidagi eng muhim golini 2009 yilda yuragi to‘satdan to‘xtab qolgani sababli vafot etgan “Espanyol”ning sobiq sardori Daniel Xarkega bag‘ishlaydi. Ma’lumot uchun, Xarke o‘z vaqtida Ispaniya yoshlar terma jamoasida Inyesta bilan birga o‘ynagan, ular qalin do‘st bo‘lishgan.

TUSHKUNLIK

2001 yilda “Barselona”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiysi Serra Ferrer yordamchisi orqali 17 yoshli Inyestani asosiy jamoa mashg‘ulotlariga taklif qiladi. Yosh futbolchi esa bu mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsata olmaydi, buni esa o‘ziga nisbatan adolatsizlik deb baholaydi va xonasiga qamalib oladi. Biroq Luis Enrike u bilan uchrashib, yana mashg‘ulotlarga olib keladi.

CHINAKAM “OLTIN TO‘P” SOHIBI

Andres Inyesta 2010 yilda “Oltin to‘p” sohibiga aylangandi. Faqat bu rasman tasdiqlanmadi va amalda “Oltin to‘p” Lionel Messiga berildi. Biroq, aslini olganda har tomonlama ispaniyalik futbolchi mazkur sovringa munosib edi. Chunki u shu yili “Barselona” bilan YECHLda bosh sovrin sohibiga aylandi, Ispaniya bilan esa jahon chempioni bo‘ldi, qolaversa, finalda Gollandiya darvozasiga hal qiluvgi golni kiritdi. U Messidan faqat bir tomonlama — to‘purarlik borasida ortda edi, xolos. Endi yarim himoyachining hujumchidan to‘purarlik borasida ortda qolishi tayin.

Yaqinda buni tan olgan “France football” nashri berilmagan “Oltin to‘p” uchun Inyestadan uzr so‘radi. Ammo shunisi aniqki, muxlislar Andres Inyesta o‘sha qatorlashib “Oltin to‘p” olgan futbolchilardan ortiq hurmat qilishadi. Inyestaning yana bir ijobiy xususiyati, olijanobligi shundaki, u 2010 yilda “Oltin to‘p”ni ololmagani uchun gina saqlab yurmadi, aksincha, Messini chin dildan tabrikladi va quvonganini yashirmadi.

Andres Inyesta — nafaqat “Barselsona”, balki futbolning ham tirik ramzi hisoblanadi. Bunday futbolchilar bor ekan, futbol o‘z jozibasini saqlab qolaveradi. Rahmat senga, maestro.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:13, 27.04.2018.
O'qildi: 5173 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.