Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Sport akrobatikasi. O‘zbekistonlik juftlik o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritdi

Sport akrobatikasi. O‘zbekistonlik juftlik o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

26 aprel kuni O‘zbekiston gimnastika federasiyasi Xalqaro gimnastika federasiyasidan maktub qabul qilib oldi. Unda sport akrobatikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadigan III yozgi Olimpiya o‘yinlariga lisenziya qo‘lga kiritgani rasman tasdiqlandi.

Bundan bir necha kun oldin, aniqrog‘i 5-11 aprel kunlari sport akrobatikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nikolay Yevdokimov va Xursana Magmuzovalardan tashkil topgan juftlik Belgiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etishgandi. Olimpiya o‘yinlari lisenziyasi aynan mazkur jahon chempionati yakunlari bo‘yicha terma jamoamizga berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston uchun sportning ushbu turida yagona lisenziya ajratilgan. Shunday ekan, musobaqalarga ikkita juftlik (Nikita Yevdokimov/Xursana Magzumova hamda Nikolay Yevdokimov/Arina Yulusheva) tayyorgarlik ko‘radi. Buenos Ayresga jo‘nab ketish oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yakuniga ko‘ra murabbiylar kengashi ular orasidan eng yaxshisini tanlab oladi va aynan o‘sha juftlik o‘smirlar Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi shuni ma’lum qiladiki, ayni paytda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi 11 ta lisenziya qo‘lga kiritgan. (Akademik eshkak eshish va sport akrobatikasida 2 kishilik juftlikka bittadan lisenziya berilgan.)

Hozirgi paytga qadar delegasiyamiz hisobidagi lisenziyalar soni quyidagicha ko‘rinish olgan:

Og‘ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 2 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Sport akrobatikasi – 1 ta

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 11:34, 27.04.2018.
O'qildi: 1914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.