Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” (prevyu)

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” (prevyu)

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarning birida “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” klublari Qo‘qonda to‘qnash kelishadi. Mazkur o‘yinga oid statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar bugunga qadar O‘zbekiston chempionatida olti marta ro‘baru kelishgan.

Uchrshuvlarning barchasida “Bunyodkor” g‘alabaga erishgan. Oltita uchrashuvda vakillarimiz “Bunyodkor” darvozasiga uch marta yo‘l topishgan.

Fakt: Jamoamiz to‘rtinchi marta “Bunyodkor” bilan o‘z maydonida to‘p surmoqda. O‘tgan yili Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Bunyodkor” 5:2 hisobida g‘alaba qozongan.

 

Hakamlar

Qo‘qondagi markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi. Mazkur uchrshuv 30 aprel kuni soat 18:00da boshlanadi.

 

Pepsi Superliga

9-tur

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor”

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), A. Snetkov (Toshkent vil.), S. Ulfatov (Toshkent vil.), D. Jalimov (Toshkent vil.).

Nazoratchi – S. Ermatov (Toshkent).

Komissar – R. Chernikov.

 

Boshlanish vaqtlari

Markaziy stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv 30 aprel kuni soat 18:00da start oladi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:21, 29.04.2018.
O'qildi: 2218 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик