Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Sinxron suzish. O‘zbekiston terma jamoasi FINA jahon seriyasida sovrindor bo‘ldi

Sinxron suzish. O‘zbekiston terma jamoasi FINA jahon seriyasida sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Tokio shahrida sinxron suzish bo‘yicha FINA jahon seriyasi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda jahonning 18 mamlakatidan sportchilar ishtirok etishmoqda. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.

Qizlarimiz guruh bellashuvlarida erkin chiqish bo‘yicha mashqlarda 80,3000 ball to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Bu borada Yaponiya birinchi, Fransiya terma jamoasi qizlari esa ikkinchi o‘rinni egallashdi.

«Highlight» mashqlarida esa terma jamoamiz a’zolari 79,4000 ball jamg‘arib, kumush medalga sazovor bo‘lishdi. 85,2667 ball to‘plagan fransiyalik qizlar esa oltin medalni qo‘lga kiritdilar.

Ma’lumot uchun, «Highlight» akrobatik mashqlardan tashkil topgan qiyin dastur hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasida akrobatik mashqlar murabbiy Farhod Hikmatov boshchiligida olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Xitoydagi Jahon seriyasining solo bo‘yicha erkin chiqish bahslarida Xonzoda Toshxo‘jayeva oltin, «Highlight»ning jamoaviy erkin dasturida esa terma jamoamiz a’zolari bronza medallarini qo‘lga kiritgandilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:03, 30.04.2018.
O'qildi: 2311 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.