Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Barselona»ning oromini o‘g‘irlagan 19 yoshli yigitcha yoxud Panayotis Retsos kim?

«Barselona»ning oromini o‘g‘irlagan 19 yoshli yigitcha yoxud Panayotis Retsos kim?

Baho:
+ | -

19 yoshli futbolchi Bundesligada birinchi mavsumini o‘tkazayotganiga qaramay Yevropaning bir qator grandlarini o‘z e’tiborlarini unga qaratishgan. Goal nashri Panayotis Retsos haqida mulohaza yuritdi.

Grek futboli muxlislari « Olimpiakos » bilan professional faoliyatini boshlgandan keyin, bir yil o‘tar-o‘tmas mamlakatni eng qimmat futbolchi sifatida tark etgan himoyachini juda yaxshi bilishadi.

Gresiyaning eng nomdor jamoasi uchun 40 uchrashuv o‘tkazgan himoyachi darrov Leverkuzenning «Bayer» klubi nazariga tushdi. Bundesliga vakili yosh iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olish uchun o‘tgan transfer oynasining so‘nggi kunlarida 17,5 million yevroning bahridan o‘tdi.

«Bir kuni tongda klubdagilar menga leverkuzenliklar kerakli pulni to‘lashganini va men yuklarimni tayyorlashim shartligini aytishdi», deydi himoyachi Gazzetta nashriga bergan intervyusida.

«Olimpiakos» bilan Chempionlar Ligasida o‘ynash orzuyim edi, ammo men biror narsaga erishish uchun boshqa narsadan voz kechishim kerakligini bilardim. O‘shandan beri bu haqida ko‘p marta o‘yladim. Demak, Xudo shunday bo‘lishini istagan, degan qarorga keldim. Aytishim mumkinki, bu eng to‘g‘ri qaror bo‘lgan. »

«Olimpiakos» akademiyasida sakkiz yil tarbiya topgan iste’dod egasi tez sur’atlar bilan o‘yinini rivojlantirib bordi. Boshqa klub, liga va madaniyatga o‘tgan uning yoshidagi futbolchilar uchun Gresiyadagidan ko‘proq narsani kutishadi. O‘zgarishlar katta edi, shunga qaramay uning o‘yini o‘sishdan to‘xtagani yo‘q.

«Yosh futbolchilar bu yerda stressiz o‘ynashi, xato qilishdan qo‘rqmasdan o‘ynash imkoniyatiga ega, - deydi u Deutsche Wellega sentyabrda bergan intervyusida – bir tarafdan bu biz uchun yaxshi. Har qanday xatolar bizni yanada kuchliroq qiladi»

«Germaniyada 17-18 yoshli futbolchilar top darajadagi ilk tajribalarini oladilar. Ular tayyor bo‘lmasligi mumkin, ammo ular jangga tayyormiz, deb o‘ylashadi. Bu Gresiyada umuman uchramaydigan holat. 17-18 yoshlilar iqtidorli deb qaraladi, ular o‘smirlar jamoasida o‘ynashadi va 20-21 yoshga kelibgina katta futbolda o‘ynashni boshlaydi. Ammo bu biroz kech degan fikrdaman.»

Leverkuzenliklar safida 29 uchrashuv o‘tkazgan Retsos hech shubhasiz bu chig‘iriqdan o‘tib bo‘ldi.

Mustahkam intizom asosida tarbiyalanayotgan Retsos uzun bo‘yiga qaramay himoya chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay oladi. O‘tgan turda «Ayntraxt»ga qarshi kechgan uchrashuvda u o‘yinni uch kishilik himoyaning chap qanotida boshladi va uchrashuvning ko‘p qismini himoyaning kengroq pozisiyalarida o‘tkazdi.

Gresiya termasi vakili to‘p bilan muomala qilishni juda yaxshi ko‘radi va bosh bilan o‘ynashda ham tengsiz sanaladi.

Retsos asosiy tarkib uchun kurashayotgan himoyachilar orasida eng yoshi hisoblanadi. Ammo uning tezda moslasha olishi va tez-tez asosiy rollarda ko‘rinishi uni Xayko Xerrlix uchun eng muhim figuraga aylantirgan.

Shu tufayli «Barselona» yoki «Arsenal» ushbu yosh himoyachini yaqindan kuzatib borishayotganidan ajablanmasak ham bo‘ladi. Ayni vaqtda «BayArena»da katta ta’sir ko‘rsatayotgan futbolchi tez orada u bilan ham xayrlashishi mumkin.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:06, 30.04.2018.
O'qildi: 9938 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.