Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov va o‘zbek futbolining bir qator yulduzlari «Talabalar kubogi-2018» musobaqasida ishtirok etishdi

Umid Ahmadjonov va o‘zbek futbolining bir qator yulduzlari «Talabalar kubogi-2018» musobaqasida ishtirok etishdi

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mini-futbol bo‘yicha «Talabalar kubogi-2018» musobaqasining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida o‘tkazilgan musobaqaning final uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport bayramida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. MOQ rahbari final uchrashuvini ochib berish oldidan universitetning sport maydonchasi, umuman, ushbu ilm dargohida yo‘lga qo‘yilgan sport tizimi bilan tanishdi.

Final uchrashuvida o‘zbek futboli afsonalari, XII Osiyo o‘yinlari chempionlari Mirjalol Qosimov va Azamat Abduraimov, shuningdek, Milliy terma jamoamiz futbolchilari Marat Bikmayev va Sardor Rashidov, Xitoyda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblari ham ishtirok etib, tadbirning yanada qiziqarli ko‘rinish olishini ta’minlab berishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyevlar ochib berishdi.

«Assalomu alaykum hurmatli talabalar, ustoz va murabbiylar. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida futbol musobaqasi start olayotganida juda xursand bo‘lgandik. Sportimiz rivoji yo‘lida har bir bo‘g‘in – bog‘cha, maktab, kollej va universitetlarga alohida e’tibor qaratiladi. Mana, Superliga bahslarini epaqayga keltirdik, O‘zbekiston kubogi bahslarini o‘tkazishda Angliya futbol tizimidan andoza oldik, endi talabalar sporti yo‘nalishi bo‘yicha ham kerakli ishlar olib boramiz. Tashkil etilgan ushbu sport bayramini ko‘rib mamnun bo‘ldim. Barcha-barchaga rahmat aytaman», – dedi Umid Ahmadjonov.

Tadbir davomida o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari Tohir Sodiqov, Zohirshoh Jo‘rayev, «Bojalar» guruhi xonandalari o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarning ko‘nglini hushnud etishdi.

Universitetning «Korporativ boshqaruv» hamda «Bank ishi» jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan final bahsini FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

Uchrashuvda «Korporativ boshqaruv» jamoasi futbolchilari kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh mukofotini qo‘lga kiritdilar. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev, shuningdek butun o‘yin davomida sportchilarni qo‘llab-quvvatlab turgan O‘FA qoshidagi muxlislar klubi a’zolari tadbirga haqiqiy bayramona ruh bag‘ishlay olishdi. Tadbir davomida yog‘ib turgan yomg‘ir esa bayram kayfiyatiga zarracha ta’sir qilgani yo‘q.

Final o‘yini yakunlangach musobaqaning «Eng yaxshi darvozaboni», «Eng yaxshi himoyachisi», «Eng yaxshi to‘purari», «Eng yaxshi o‘yinchisi», «Eng yaxshi ishqibozlar guruhi» kabi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi va ularga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqani kuchli uchlikda yakunlagan jamoa a’zolariga medal, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Turnir chempioni esa maxsus kubok bilan taqdirlandi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:36, 01.05.2018.
O'qildi: 4172 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.