Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Pepsi Superliganing 10-turida barcha stadionlarda 2 tadan iPhone 8 smartfonini yutib olish uchun imkoniyat bo‘ladi

Pepsi Superliganing 10-turida barcha stadionlarda 2 tadan iPhone 8 smartfonini yutib olish uchun imkoniyat bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pepsi Superliga o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani, muxlislarning stadionlarga tashrifida ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelayotganidan kelib chiqib, O‘FA hamda PFL rahbariyati 10-tur uchrashuvlari uchun 12 ta iPhone 8 smartfonini tayyorlab qo‘ydi.

Mazkur smartfonlar 10-tur bellashuvlariga tashrif buyurgan futbol muxlislariga nasib etishi ko‘zda tutilgan. G‘oliblar lotereya orqali aniqlanadi. Shu kuni “Bunyodkor”, “Neftchi”, AGMK, “Qizilqum”, “Paxtakor” va “Buxoro” stadionlarining har birida yutuq uchun 2 tadan smartfon bo‘ladi.

Futbol klublarining o‘yin uchun chiqargan chiptalari barcha talablarga javob berib, unda raqamlarni alohida qirqib olishning imkoni bo‘lsa, yutuqlar baxtli chipta egasiga nasib qiladi. Agar chiptalar bunday talablarga javob bermasa, u holda PFL hamda klub vakili smartfon egasini quyidagi shart bo‘yicha topadi.

Stadionda muxlislar hozir bo‘lgan barcha sektorlar nomi yozilgan qozog‘chalar savatga tashlanadi. Xolis odam savatdan qog‘ozni tortib, sektorni aniqlab beradi. Demak, faqatgina shu sektorda o‘tirgan muxlislarda smartfonni qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib qoladi. Keyinroq pastdan tepaga qatorlar sanab olinadi va savatdan qator raqami tortiladi. G‘olib bo‘lish imkoniyatini faqat shu qator egalari saqlab qoladi. Eng so‘ngida esa bitta qatorda o‘tirgan muxlislar chapdan o‘ngga sanab olinib, yana bir marta raqam tortiladi. G‘olibga sovrin o‘sha sektorning o‘zida topshiriladi. Ikkinchi smartfon egasi ham shu tariqa aniqlab olinadi.

PFL kelasi mavsumdan boshlab Superliga o‘yinlariga chiqariladigan chiptalar masalasi, sektorlarning nomlanishi, o‘rindiqlarning raqamlariga jiddiy e’tibor beradi. Bu esa yutuqli o‘yinlarni o‘tkazishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.  

Quyida 10-tur uchrashuvlari vaqti keltirib o‘tilgan. Barcha futbol muxlislarini bellashuvlarni stadiondan turib tomosha qilishga taklif etib qolamiz.

Pepsi Superligasi

10-tur

4 may (juma)

18:00 “Bunyodkor” — “Nasaf” (jonli)

18:00 “Neftchi” — “Lokomotiv” (yozib olinadi)

5 may (shanba)

18:30 AGMK — “So‘g‘diyona”

20:30 “Qizilqum” — “Metallurg”

6 may (yakshanba)

18:00 “Paxtakor” — “Qo‘qon-1912”

20:00 “Buxoro” — “Navbahor”

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:04, 02.05.2018.
O'qildi: 2785 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.