Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: futbol murabbiylarini tayyorlash tizimida ijobiy o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi: futbol murabbiylarini tayyorlash tizimida ijobiy o‘zgarishlar

Baho:
+ | -

2018 yil 3 may kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida “Futbol murabbiylarini tayyorlash tizimi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminardan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan futbol murabbiylarini tayyorlash tizimining yangi formatlari xaqida mutaxassislar va OAVga ma’lumot berishdir.

Yangi qarorga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatildi va ushbu vakolat O‘FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi. O‘FA Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan yangi “O‘zbekistonda futbol murabbiylarini o‘qitish va tayyorlash hamda attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha Nizom” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O‘FA, MOQ, Attestasiya markazi, Malaka oshirish markazi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari qatnashgan ushbu seminarda yangi qaror bo‘yicha bo‘ladigan o‘zgarishlar hamda yangiliklar batafsil majlis ishtirokchilariga tanishtirildi.

Jumladan, murabbiylarni tayyorlash tizimi endilikda tubdan isloh qilinib, eng katta e’tibor o‘yin paytida bo‘ladigan real holatlarga qaratiladi. Yana yangi Nizomga ko‘ra quyidagi o‘zgarishlarlarni ko‘rishimiz mumkin:

- "S" sertifikati xalqaro statusini yo‘qotdi. U "S" lisenziyasiga o‘zgartirilib, faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida murabbiylik qilish xuquqini beradi.

- "S" lisenziyasiga o‘qigach murabbiylar nazorat qilishdan to‘xtatilar edi. Endilikda murabbiylar uchun maxsus veb-sahifa yaratilib, har bir murabbiy uchun alohida akkaunt (account)lar ochib beriladi. "S" lisenziyasi hamda "A", "V", "Pro" diplomlariga ega murabbiylar oylik, yillik amalga oshirgan ishlarini ushbu akkauntlariga joylab boradilar. O‘FA mutaxassislari tomonidan ushbu rasm va video ko‘rinishdagi hisobotlar orqali murabbiylar nazorat ostiga olinadi.

- Eski qoidaga ko‘ra murabbiy bo‘lishni istovchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qo‘yilardi. Endilikda ular avvaliga 4 oydan 6 oygacha murabbiylik stajirovkasini o‘taydilar. Ya’ni har bir o‘quvchi o‘z viloyati federasiyasiga murojaat qilganidan so‘ng, biror bir murabbiyga biriktiriladi va ma’lum vaqt davomida malakaga ega bo‘lishiga imkoniyat yaratiladi. Shundan so‘ng o‘zi biriktirilgan instruktor tavsiya etsagina murabbiy o‘qishga qabul qilinidi. Professional futbolchilar hamda 10 yildan oshiqroq murabbiylik sohasida ishlaganlarga istisno tariqasida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga ruxsat etiladi.

- "A", "V" hamda "Pro" diplomlariga tavsiya qilingan murabbiylar modulli tizimda o‘qishni davom ettiradilar. O‘FA tomonidan tashkillashtirilgan 4 kunlik seminarda ishtirok etib, instruktorining tavsiyasini olgan murabbiy "V" diplomi uchun Toshkent shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan tashkillashtirilgan 5+5+7 sxemali kurslarda ishtirok etadi. Bu sxemaga ko‘ra, 2 marta 5 kundan o‘qib, 1 oydan o‘rgangan bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. So‘nggi 7 kunlik o‘qish nihoyasiga yetgach imtihon topshiradi.

- "A" diplomi uchun ham o‘qish modulli 5+5+5+7 tizimida olib borilib, so‘ngra imtihon topshirishga ruxsat etiladi.

- "Pro" diplomi uchun instruktorlar tomonidan tavsiya qilingan "A" diplomiga ega murabbiylar OFK tomonidan 11+13+20 moduli asosida o‘qitiladi.

- "S" lisenziyasi hamda "A" va "V" diplomlariga ega murabbiylar har uch yilda qayta sinovdan o‘tib, lisenziya va diplomlarini yangilab boradilar. "Pro" diplomining yangilanish muddati esa 2 yil.

Shu bilan bir qatorda lisenziya va diplom egalari muntazam ravishda OFK hamda O‘FA tomnidan tashkil qilinadigan malaka oshirish kurslarida o‘qitib boriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:56, 03.05.2018.
O'qildi: 2707 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.