Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bugun futbol: “Bunyodkor” - “Nasaf” bahsi

Bugun futbol: “Bunyodkor” - “Nasaf” bahsi

Baho:
+ | -

Bugun muhtasham “Bunyodkor” stadionida mamlakatimizning ikki yetakchi klubi “Nasaf” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 10-tur

“BUNYODKOR” – “NASAF”

04.05.2018. “Bunyodkor” arena, soat 18:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent).

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

Komissar – Ma’mur Saidqosimov.

 

Bu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, bu ikki jamoa milliy chempionatimizda shu paytgacha 22 marta kuch sinashgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 11 tasida “Bunyodkor”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari 3 o‘yinda g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar farqi – 30:12 “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zaro 11 uchrashuvning faqat 1tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. “Bunyodkor” esa Toshkentda 8 marta g‘alaba qozongan. Qolgan 2 uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

“Nasaf” so‘nggi bor “Bunyodkor”ni Toshkentda 2014 yili mag‘lub etgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi har qanday uchrashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan. Bugun ham stadionga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari ana shunday uchrashuvga guvoh bo‘lishlari mumkin.

“Bunyodkor” jamoasi bu yilgi chempionatning o‘z maydonida o‘tkazgan 3 uchrashuvda g‘alaba qozongan. “Nasaf” shu paytgacha safardagi uchrashuvlarining faqat bittasida g‘alabaga erishgan. Jamoamiz safardagi uchrashuvlarni mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda.

“Bunyodkor” so‘nggi bor 6-turdagi o‘z maydonida bo‘lgan “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda g‘alabaga erishgan. Keyingi uchta turda ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi.

“Ajdarlar” bugun joriy chempionatdagi 6-safar uchrashuvini o‘tkazadi. “Bunyodkor” esa, 6-uy uchrashuvida maydonga tushadi.

Quyida futbol ishqibozlari uchun qo‘shimcha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Uchrashuvning tanaffus vaqtida, muxlislar uchun o‘zbek estradasi yulduzlari ijrosidagi konsert dasturi taqdim etiladi. Bu gal go‘zal va latofatli Rayxon G‘aniyeva sizlarning xizmatingizda bo‘ladi.

Bundan tashqari stadionga kelgan tomoshabinlardan ikki nafari uylariga iPhone8 smartfoni bilan qaytishga muvaffaq bo‘ladilar. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar sifatida muxlislar uchun lotereyada aynan shu 2ta iPhone8 smartfoni o‘ynaladi.

Shunday ekan imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, stadionga keling.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 09:21, 04.05.2018.
O'qildi: 2834 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик