Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSH, Kanada va Meksika futbol federasiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSH, Kanada va Meksika futbol federasiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘ra Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga qur’a tashlash marosimida qatnashish uchun Dubayga yo‘l olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Umid Ahmadjonov Dubayda Osiyo velosport konfederasiyasi prezidenti, shuningdek, BAA milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bugun Umid Ahmadjonov Dubayda KONKAKAF vakillari AQSH, Kanada va Meksika futbol federasiyalari prezidentlari bilan ko‘rishdi. Jumladan, AQSH futbol federasiyasi prezidenti Karlos Kardeyro, Meksika futbol federasiyasi prezidenti Desio de Mariya Serrano va Kanada futbol federasiyasi prezidentlari bilan suhbat chog‘ida futbol rivoji yo‘lida o‘zaro tajriba almashish, bolalar va ommaviy futbol bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish, marketing va homiylarni jalb qilish masalalarida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

O‘z o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, AQSH, Kanada va Meksika tarixda birinchi marta 2026 yilga Jahon chempionati qo‘shmezbonligi uchun da’vogarlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, KONKAKAF vakillari uchun Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlik qilish o‘zaro manfaatli hisoblanadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:47, 04.05.2018.
O'qildi: 2652 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик