“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger “Byornli”ga qarshi uchrashuv so‘ngida “kanonirlar”ning yosh muxlisiga o‘z bo‘yinbog‘ini sovg‘a qildi.
O‘yindan so‘ng fransiyalik mutaxassis “Venger – menga bo‘yinbog‘ingizni sovg‘a qiling” deya banner ko‘tarib turgan yosh bolakayning oldiga borib, uning iltimosini amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuv Venger uchun “Arsenal” murabbiyligidagi “Emiraytes” stadionidagi oxirgi o‘yin bo‘ldi.