Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Saloh Arne Slot ketganidan so‘ng «Liverpul»da qolishga tayyor

Saloh Arne Slot ketganidan so‘ng «Liverpul»da qolishga tayyor

Baho:
+ | -

Shanba kuni «Liverpul» Arne Slot bilan xayrlashganini e’lon qildi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoa Premyer-ligada atigi beshinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng (garchi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da) klubni tark etdi.

Indykaila News xabariga ko‘ra, Arne Slot ishdan bo‘shatilganidan so‘ng hujumchi Muhammad Saloh «Liverpul»da qolishga tayyorligini bildirgan. Agar «qizillar» rahbariyati misrlik futbolchiga shunday taklif bilan chiqsa, Saloh klub safida o‘ynashda davom etishga rozi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 33 yoshli futbolchi «Liverpul» bilan xayrlashgani ma’lum bo‘lgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, ammo tomonlar bir necha oy oldin yozda xayrlashishga kelishib olishgandi. Endi Salohning taqdiri borasidagi yakuniy qarorni «Liverpul» rahbariyati — Richard Xyuz va Maykl Edvards qabul qilishi kerak.

Kiritildi: 20:29, 30.05.2026.
O'qildi: 404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик