Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mo‘g‘uliston MOQ Prezidenti O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi

Mo‘g‘uliston MOQ Prezidenti O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida RADOCA (Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti)ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Mo‘g‘uliston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Zagdsuren Demchigdjav ham ayni paytda yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Martabali mehmon bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida ham tashrif buyurdi va o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. MOQda Zagdsuren Demchigdjavni Bosh kotib Jasur Matchanov kutib oldi.

Uchrashuv davomida Mo‘g‘uliston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va bu borada yo‘lga qo‘yilgan tizimdan o‘rganadigan jihatlar ko‘p ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

«Qabul uchun qimmatli vaqtingizni ajratganingizga minnatdorchilik bildiraman. Ayni paytda o‘zbek sportida ulkan islohotlar amalga oshirilayotganidan va bu o‘z navbatida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan xabarimiz bor. Sizga ma’lumki, Mo‘g‘ulistonda sport kurashlari, boks va dzyudo sport turlari rivojlangan. Ammo, baribir Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning qayd etgan natijalariga havas qilamiz. Olimpiya harakati rivoji yo‘lida siz bilan hamkorlik qilishni istaymiz. Sport sohasida O‘zbekistondan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p. Yaqindan hamkorlik qilish, aloqalarni mustahkamlash biz uchun katta sharaf bo‘lgan bo‘lardi», – Mo‘g‘uliston MOQ rahbari.

Shuningdek, mehmon O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillarini Ulan-Bator shahriga taklif qildi va hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolash istagi bor ekanligini ma’lum qildi.

O‘z navbatida Jasur Matchanov mehmonga yurtimizda davlat tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibor, shart-sharoitlar, sportni yanada rivojlantirish yo‘lida ishlab chiqilgan strategiya haqida gapirib berdi.

«O‘zbekistonda sport sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Aholini qiziqtirish uchun sportga oid har bir tadbirni bayramdek o‘tishini ta’minlashga harakat qilyapmiz. Sportni nafaqat poytaxtda, balki, viloyatlarda ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratganmiz. Ayni paytda yangi nomlarni kashf etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida jamoaviy bellashuvlar ham tashkil etilgan. Bu borada tuzgan rejalarimiz va strategiyamiz hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Loyihalarni amalga oshirishda bu muhim omil hisoblanadi. Biz mehmonlarni qabul qilishdan doimo xursand bo‘lamiz va hamkorlik qilish uchun doim tayyormiz», – dedi Jasur Matchanov.

Uchrashuv yakunida Jasur Matchanov an’anaga muvofiq O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan janob Zagdsuren Demchigdjavga esdalik sovg‘asini taqdim etdi.

So‘ngra tomonlar MOQ binosidagi muzeyni tomosha qilishdi. Jasur Matchanov mehmonga muzeyda saqlanayotgan turli eksponatlarni ko‘rsatdi, ularning tarixi haqida gapirib berdi. Bu ham Zagdsuren Demchigdjavda iliq taassurot qoldirdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:53, 08.05.2018.
O'qildi: 3267 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.