Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bosh murabbiylari hisobot topshirishdi

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bosh murabbiylari hisobot topshirishdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘FA va PFL rahbariyati hamda O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirok etishdi.

Yaqinda Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov safar bo‘yicha hisobot berib o‘tdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston OTJ Indoneziyadagi Xalqaro musobaqada ishtirok etib, KXDR, Bahrayn va Indoneziya terma jamoalari qarshi o‘yinlar o‘tkazdi. Barcha uchrashuvlarda durang qayd etgan vakillarimiz musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ravshan Haydarov Indoneziyadagi musobaqa terma jamoa uchun juda foydali bo‘lganini ta’kidlab, mana shunday musobaqalarda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib  o‘tdi. Jumladan, musobaqada ishtirok etgan yosh futbolchilar katta tajriba to‘plashgani, bu esa rasmiy musobaqalarda juda foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, yozda Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari oldidan mazkur xalqaro o‘yin o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tagani ham aytildi. Murabbiy va futbolchilar Indoneziyadagi muhit, iqlim, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, Osiyo o‘yinlariga kelish oldidan ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot to‘plab olishdi.

Shundan keyin O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov Toshkentda o‘tgan yig‘in haqida o‘z hisobotini taqdim etdi. Yig‘in davomida jami 26 nafar terma jamoaga nomzod futbolchilar sinovdan o‘tgani, ularning jismoniy va funksional tayyorgarliklarini tekshirilgani haqida fikr bildirdi. Yig‘in doirasida o‘tkazilgan ikkita nazorat uchrashuvi orqali esa futbolchilarning maydondagi holatiga baho berilgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Timur Kapadze ham yig‘ilishda milliy terma jamoaning Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni haqida hisobot berib o‘tdi. Jumladan, tayyorgarlik doirasida 19 may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi safarda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi, bu o‘yinga boradigan futbolchilar ro‘yxati shakllantirilayotgani haqida aytib o‘tdi.

Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Superliga jamoalarida to‘p suruvchi milliy terma jamoaga nomzod yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazish bosh maqsad ekanligi ham ta’kidlandi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:47, 10.05.2018.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.