Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbari o‘zgardi

Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbari o‘zgardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan bandlar ijrosini ta’minlash maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab Olimpiya zaxiralari kollejlari, Bolalar-o‘smirlar sport maktablari tizimida jiddiy islohotlar olib bormoqda.

Ta’kidlash lozimki, qilinayotgan keng ko‘lamdagi ishlar eng avvalo Olimpiya kollejlari va sport maktablarining samarali ishlashi uchun xizmat qilishi, ushbu sport maskanlarida yoshlar uchun barcha kerakli sharoitlar yaratish, qabul kvotalari va mezonlarini qayta ko‘rib chiqish va shu bilan birgalikda mamlakat terma jamoalariga munosib va iqtidorli nomzodlarni yetakazib berish tizimini yaratishda muhim o‘rin tutadi.

Poytaxtimizda joylashgan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji ham shak-shubhasiz mamlakatimizdagi eng mashhur o‘quv-sport dargohlaridan biri hisoblanadi. Uning boy tarixi va an’analari mavjud. Ammo tan olish lozim, so‘nggi yillarga kelib ushbu maskan islohotlarga muhtoj bo‘lib qolgandi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak kollej faoliyati talab darajasida emasdi.

Aynan shu jihatni hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘i bilan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Shu paytga qadar kollejga rahbarlik qilib kelgan Jasur Akramov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktorining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Mirsardor Alimov vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tabiiyki, yangi rahbar oldiga Milliy olimpiya qo‘mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ma’lum talablar qo‘yildi. Unga ko‘ra qisqa vaqt ichida Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatini tubdan takomillashtirish, ishlarni samarali tashkil etish, qabul kvotasi va mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv-mashg‘ulotlar bazasini talab darajasiga keltirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalasida rahbariyatga aniq takliflar kiritish, bu borada mukammal tizim yaratish va uni tatbiq etish bo‘yicha M. Alimovga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:08, 11.05.2018.
O'qildi: 4784 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.