Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Mamlakat bo‘ylab barcha futbol murabbiylari malaka sinovidan o‘tkaziladi

Mamlakat bo‘ylab barcha futbol murabbiylari malaka sinovidan o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol muxlislariga yaxshi ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi faoliyati tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolati O‘FA qoshidagi tegishli boshqarmalarga berildi. 

O‘FAning Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi tomonidan “O‘zbekistonda futbol murabbiylarini o‘qitish va tayyorlash hamda attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha Nizom” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 

Ushbu Nizom talablarini bajarish uchun joriy yilning 17 may - 30 iyun kunlari OFK lisenziyasiga ega bo‘lgan barcha murabbiylar bilan seminar-treninglar tashkil qilinadi. O‘FAning mutassaddilari va mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi-guruhlar butun respublika hududlari bo‘ylab murabbiylarning malakaviy saviyasini tekshirish bo‘yicha xizmat safarlariga yuboriladi. 

Shuningdek, ishchi-guruhlar oldiga murabbiylarni tayyorlashning yangi tizimi bilan tanishtirish, ularning amaliy va nazariy bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazish hamda murabbiylarni qiziqtirgan boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan. 

Bundan tashqari, hududlarga safar davomida ishchi guruh vakillari yangi tashkil etilayotgan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari murabbiyligiga nomzodlarni aniqlab, bu borada O‘FA rahbariyatiga tavsiyalar berib borishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi murabbiylar o‘rtasida o‘quv seminarlari tashkil qilish va ularning malakaviy saviyasini tekshirish  jadvali

Andijon 17 – 21 may
Farg‘ona 22 – 26 may
Namangan 27 – 31 may
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 7 – 10 iyun
Xorazm 11 – 14 iyun
Buxoro 15 – 19 iyun
Navoiy 20 – 23 iyun
Samarqand 18 – 21 may
Qashqadaryo 22 – 25 may
Surxondaryo 26 – 30 may
Jizzax 7 – 10 iyun
Sirdaryo 11 – 14 iyun
Toshkent viloyati 15 – 19 iyun
Toshkent shahri 26 – 30 iyun

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:31, 11.05.2018.
O'qildi: 2372 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.