Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FAda “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi

O‘FAda “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun 15 may kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida umumta’lim maktablarining 2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar hamda 2007 yilda tug‘ilgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi. 

Festival davomida yosh ishtirokchilar maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, har bir guruhga alohida murabbiy tayinlandi. So‘ngra har bir guruh o‘ziga ajratilgan maxsus jihozlangan joylarga borib, murabbiylari bilan birgalikda estafeta, to‘p muomalasi, to‘pni qo‘lda o‘ynash, yugurish hamda to‘p nazorati bo‘yicha  mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. 

Futbol festivali davomida murabbiylar ishtirokchilarni futbolning sir-asrorlari bilan tanishtirishdi. 

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh sportchilarga katta sportga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlariga hamda bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi. 

Tadbir so‘ngida ishtrokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 

“Futbol do‘stlik uchun” loyihasi doirasida butun dunyo bo‘ylab “Futbol va do‘stlik” kuni nishonlanayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Butun dunyo bolalari va ularning ota-onalari ushbu bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan futbol bilan bog‘liq turli tadbirlarda qatnashyaptilar. 

Toshkentda “Futbol va do‘stlik” kuni OFKning “Bolalar ommaviy futboli kuni”ga bag‘ishlangan futbol festivali doirasida o‘tkazildi. 

Ushbu futbol festivalida “Futbol do‘stlik uchun – 2018” dasturining O‘zbekistondagi yosh elchilari — “Bundyokor” futbol maktabining o‘quvchisi, darvozabon Muslim Abdumannopov hamda yosh jurnalist Mardon Ma’rupov ishtirok etdilar. 

Tadbir so‘nggida yosh elchi hamda jurnalist festival davomida tanishgan ko‘plab do‘stlarining hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zolari Zayniddin Tojiyev va Eldar Magdeevning qo‘llariga do‘stlik bog‘ichlarini taqib qo‘ydilar. 

Eslatib o‘tish joizki, “Futbol do‘stlik uchun” bolalar ijtimoiy loyihasi “Gazprom”ning “Gazprom - bolalarga” dasturi doirasida tashkillashtiriladi. Ushbu loyihaning maqsadi – bolalar futbolini rivojlantirish, bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirish, turli mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik o‘rnatishdir. Ishtirokchilar targ‘ib qiladigan asosiy qadriyatlar – do‘stlik, tenglik, adolat, sihat-salomatlik, tinchlik, sadoqat, g‘alaba va urf-odatlardir.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 14:49, 15.05.2018.
O'qildi: 2210 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.