Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Hokim kubogi» musobaqalarining barcha g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

«Hokim kubogi» musobaqalarining barcha g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun “Hokim kubogi” sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgandik.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan musobaqa uch hil sport turi – mini-futbol, voleybol va stol tennisi bo‘yicha tashkil etildi.

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga qarashli sun’iy qoplamali maydonda «Hokim kubogi»ning hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar prokuraturasi hamda «Toshshaharbozorsavdo» uyushmasi jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilib olishdi.

Keskin va murosasiz kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Qo‘shib berilgan vaqtlarda ham kuchlar teng keldi. Shundan so‘ng g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda «Toshshaxarbozorsavdo» uyushmasi jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Bahs yakuniga yetgach, stol tennisi, voleybol va mini-futbol bo‘yicha bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Bakiyev ham qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga maxsus diplom, kubok va sovg‘alar taqdim etildi.

Marosim davomida sport faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev so‘zga chiqib, bellashuvlar qiziqarli kechganini, sport bilan muntazam shug‘ullanish lozimligini alohida qayd etib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omadlar tiladi.

Uch hil sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan «Hokim kubogi» bahslarida g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Mini-futbol:

1-o‘rin: “Toshshaharbozorsavdo” uyushmasi
2-o‘rin: Toshkent shahar prokuraturasi
3-o‘rin: “Suvsoz” DUK

Voleybol:

1-o‘rin: Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi
2-o‘rin: Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi
3-o‘rin: Davlat raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi

Stol tennisi:

1-o‘rin: “Toshshaharbozorsavdo” uyushmasi
2-o‘rin: Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi
3-o‘rin: Toshkent shahar telefon tarmoqlari unitar korxonasi

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:52, 15.05.2018.
O'qildi: 2383 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик