Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

La liga. «Real» so‘nggi 11 yillikdagi o‘z antirekordlarini takrorladi

La liga. «Real» so‘nggi 11 yillikdagi o‘z antirekordlarini takrorladi

Baho:
+ | -1

Zidan boshchiligidagi "Real" uchun Ispaniya chempionatining ushbu mavsumi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Jamoa so‘nggi turda "Vilyarreal"ni mag‘lub eta olmadi. Natijada "Qirollik klubi" 2017/2018 yilgi mavsumda klub tarixidagi so‘nggi 11 yildagi eng yomon bir nechta antirekordlar takrorladi.

"Madrid" ushbu mavsumda 76 ochko jamg‘ardi. Jamoa bunday kam ochkolarni 2006/2007 yilgi mavsumda to‘plagandi. Shunga qaramay, "Real" o‘sha mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan. "Qaymoqranglilar" keyingi mavsumlarda bundan ko‘proq ochko jamg‘arib kelishgan.

Zidan jamoasi ushbu mavsumda Li ligada 3-o‘rinni egalladi. So‘nggi 12 mavsumda klub faqat bir martagina 2-o‘rindan pastga tushgan — 2013/2014 yilgi mavsumda. O‘sha yil "Real" 87 ochko bilan 3-pog‘onani band etgandi.

Ushbu mavsumda "Real" chempion jamoa ("Barselona")dan 14 ochko ortda qolmoqda. Kataloniyaliklar bugun bo‘lib o‘tadigan "Real Sosyedad"ga qarshi so‘nggi tur bahsida g‘alaba qozonsa, "Real" bilan farqni 17taga yetkazishadi. XXI asrda madridliklar azaliy raqibidan buncha ko‘p ortda qolib ketishmagandi. 2013/2014 yilgi mavsumda jamoa "Barsa"ga nisbatan 15 ochko kam jamg‘argan.

"Real Madrid" ochkolar jamg‘arish bo‘yicha eng yomon natijani 2005-2006 va 2003/2004 yilgi mavsumlarda qayd etgan bo‘lsa (70 ochko), 2002-2003 yil mavsumida jamoa 4-o‘rinni band etgan.

2017-2018 — 76 ochko (3-o‘rin)
2016-2017 — 93 ochko (chempion)
2015-2016 — 90 ochko (2-o‘rin)
2014-2015 — 92 ochko (2-o‘rin)
2013-2014 — 87 ochko (3-o‘rin)
2012-2013 — 85 ochko (2-o‘rin)
2011-2012 — 100 ochko (2-o‘rin)
2010-2011 — 92 ochko (2-o‘rin)
2009-2010 — 96 ochko (2-o‘rin)
2008-2009 — 78 ochko (2-o‘rin)
2007-2008 — 85 ochko (chempion)
2006-2007 — 76 ochko (chempion)
2005-2006 — 70 ochko (2-o‘rin)
2004-2005 — 80 ochko (2-o‘rin)
2003/2004 — 70 ochko (4-o‘rin)
2002/2003 — 78 ochko (chempion)
2001/2002 — 66 ochko (3-o‘rin)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:53, 20.05.2018.
O'qildi: 8124 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.