Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Buffon «Yuventus» bilan xayrlashdi. Hamma yig‘ladi (fotogalereya)

Buffon «Yuventus» bilan xayrlashdi. Hamma yig‘ladi (fotogalereya)

Baho:
+1 | -

Janluiji Buffon 17 yillik umrini o‘tkazgan «Yuventus» klubi bilan xayrlashdi.

A Seriya so‘nggi turida jamoa «Verona»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Buffon uchun bu bahs «Yuventus» libosidagi 657-o‘yin bo‘ldi.

Klub shunga bag‘ishlab maxsus liboslarni tayyorladi. Uning yengiga UN1CO heshtegi yozilgan edi (unico so‘zi va 1 raqami birikmasi – yagona, noyob degan ma’noni anglatadi).

Darvozabon maydonga o‘g‘illari Luis Tomas va Devid Li bilan maydonga tushdi.

O‘yin boshlanishiga bir necha soniya qolganida, Buffon tribunalarga ta’zim qildi.

Bir soat o‘tgach, Massimiliano Allegri uni almashtirishga qaror qildi. Natijada, muxlislar uni olqishlar bilan kuzatib qolishdi. Buffon hisob 2:0 bo‘lib turganida maydonni tark etdi - bu uning «Yuventus» tarkibidagi 302-quruq o‘yin bo‘ldi.

Darvozabon «Yuve» va «Verona»ning barcha futbolchilari bilan quchoqlashib, xayrlashdi. Maydon chetida klub xodimlari unga maxsus yo‘lak tashkil qilishdi.

Devid Li tribunada yig‘lab yubordi.

Vip-sektor mehmonlari ehtiroslarini ko‘zoynaklar orqasiga yashirishdi, Jiji esa hissiyotlarini jilovlay olmadi.

Qolgan yarim soat davomida hech kim o‘yinga qiziqmay qo‘ydi. Bu vaqtda Buffon tribunalar bo‘ylab yurdi va qo‘li yetgan barcha bilan quchoqlashib, xayrlashdi.

So‘ngra, qatorasiga yettinchi skudettoni nishonladi.

40 yoshli posbon bu bilan faoliyatini yakunlamaydigan ko‘rinadi. Yaqinda «PSJ» klubi unga ikki yillik shartnoma, asosiy tarkibdan joy va sardorlik bog‘ichini taklif etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 10:22, 20.05.2018.
O'qildi: 12387 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик