"PSJ" bosh murabbiyi Tomas Tuxel pariliklar hujumchisi Neymar haqida fikr bildirdi.
"Top-o‘yinchilar - hammadan ko‘p ishlaydiganlardir. Men yulduzlarni boshqarishdan qo‘rqmayman. Men Neymarni o‘tgan yakshanba kuni uchratdim. Bu muhim uchrashuv bo‘ldi.
Neymar - artist, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Mena bizning uchrashuvimiz yoqdi, men uning yuzida tabassum ko‘rdim. U bilan o‘zini ko‘rsata oladigan jamoa yaratamiz", - deydi Tuxel.