Joze Mourinyo Madrid klubiga tayinlanganidan so‘ng jamoaning himoya va yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
AS nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis jamoaning so‘nggi o‘yinlari va hozirgi tarkibini tahlil qilib, «Real» rahbariyati uchun batafsil hisobot tayyorlagan. O‘z loyihasini amalga oshirish uchun Mourino jamoaga bitta yoki ikkita markaziy himoyachi olib kelishni va mudofaaning o‘ng qanotini kuchaytirishni istamoqda. Shuningdek, murabbiy kreativ yarim himoyachi hamda Orelyen Tchuameniga raqobat tug‘dira oladigan tayanch yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashni muhim deb hisoblaydi.
Qayd etilishicha, Mourino hozircha aniq ismlarni aytmagan, faqatgina kuchaytirilishi kerak bo‘lgan pozisiyalarni ko‘rsatib o‘tgan. Klub rahbariyati tarkibda o‘zgarishlar kerakligini tan olmoqda, biroq yangi xaridlarni amalga oshirish uchun bir nechta o‘yinchilar bilan xayrlashish talab etiladi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Mourino faqatgina Florentino Peres qayta saylangan taqdirdagina «Real»ga qaytadi. Agar amaldagi prezident saylovda yutqazsa, portugaliyalik mutaxassis «Benfika»da qolmaydi va o‘ziga taklif bilan chiqqan boshqa klublardan birini boshqaradi.













