Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Tibo Kurtua murabbiy bilan sudlashmoqchi yoxud barchasi qanday boshlangandi

Tibo Kurtua murabbiy bilan sudlashmoqchi yoxud barchasi qanday boshlangandi

Baho:
+ | -

Belgiya termasi va «Chelsi» klubi darvozaboni Tibo Kurtuaning otasi - Tyerrini Yevropa chempionati paytida tarkib bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor etganlikda ayblashmoqda.

Tabiiyki, bu boradagi faktlarni u o‘g‘lidan olgan bo‘lishi turgan gap.

Hammasi qanday boshlandi?

Belgiya milliy jamoasi Mark Vilmots bosh murabbiyligida Yevro-2016ga favoritlar qatorida yo‘l olgandi - kuchli tarkib shunday fikr yuritishga undagandi.

Biroz kuchsizlangan Italiya, tushunarsiz Shvesiya hamda o‘rtamiyona Irlandiya raqib bo‘lgan guruh unchalik qiyin tuyulmagandi, ammo dastlabki uchrashuvda belgiyaliklar italyanlarga yutqazishdi.

So‘ngra irlaniyaliklar tor-mor etildi, shvedlar ham mag‘lub etib, keying bosqich masalasini ijobiy hal etgan Belgiya termasi 1|8 finalda Vengriyadan osonlikcha o‘tdi.

Finalga chiqish imkoniyati yuqori edi, zero taqvimga ko‘ra, Uels - Shimoliy Irlandiya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynash talab etilar, yarim finalda esa polyaklar yoki portugallardan biri raqibga aylanardi. Boshqa grandlar esa narigi to‘rdan o‘rin olishgandi. Ammo Belgiya kutilmaganda uelsliklarga 1:3 hisobida yutqazib, musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Mojaro

Kuchli jamoaning turnirni tark etishi ommaviy ayblovlar yog‘ilishiga sabab bo‘ladi. Belgiyada ham xuddi shunday holat kuzatildi. Ammo hammasidan ham Kurtuaning jiddiy gaplari ko‘proq e’tiborni tortdi: «Vilmots ketishi kerakmi?

Uning o‘zi bir qarorga kelishi lozim. Kiyinish xonasida bosh murabbiyga qanday fikrda ekanligimni aytgandim. Bizda Italiyaga qarshi kechgan bahsda kuzatilgan muammolar takrorlandi. O‘sha taktika, o‘sha muammolar».

O‘sha pallada Sporza nashrining Belgiyadagi manbasi Yevro-2016 startidan oldin futbolchilardan biri «Agar turnirda g‘olib chiqsak, bilingki, murabbiyning aytganlariga qarshi chiqqan bo‘lamiz», degani haqida xabar berdi.

Shubha ostidagi olingan o‘yinchi kim bo‘ldi? Albatta, Kurtua, chunki u avvalroq «Termadagi mashg‘ulotlar saviyasi «Chelsi»dagiga nisbatan yuqoriroq» qabilida fikr bildirgandi. Tabiiyki, bunday gaplar klubga nisbatan hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.

Vilmots iste’foga chiqdi, Yevropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikda aybdor ekani aniq edi, biroq Kurtua ham e’tibordan chetda qolmadi.

Unga «Chelsi» darvozabonlar murabbiyi bilan mojaroga borgani, matbuotdagi qo‘pol gaplari, Kevin de Bryuynening qallig‘iga xushomad qilganini eslatishdi.

Keyinroq Kurtua milliy federasiyani Rossiya termasi bilan o‘yin belgilagani uchun tanqid qilib, mazkur bahsning ortiqchaligini ta’kidladi: «U yerda jahon chempionatining bir qismi bo‘lgan chiroyli shahar va stadionlar bor, ammo ushbu bosqichda nima sababdan Rossiya bilan o‘ynashimiz kerakligini tushunmayapman».

So‘ngra Lui van Gal manziliga «shirin» so‘zlar yo‘lladi: «U kabi ekspertlar suhbatini tinglab, ularning darvozabonlik borasida hech qanday tushunchaga ega emasliklarini tushunib yetaman. Van Gal kiperlarni muhokamaga qilmasligi kerak».

Bundan tashqari, «Chelsi»ning aksariyat fanatlari «aristokratlar»ning Joze Mourinyo ishlagan paytlardagi muvaffaqiyatsizliklari, so‘ngra murabbiyning bo‘shatilishida aynan Kurtuani sababchilar qatorida zikr etishgandi.

Mojaro-2

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Vilmots va Kurtua munosabatlarga oydinlik kiritib olishmagan, shu bois yangi mojaro allaqachon ildiz otgan ekan. Belgiya termasi sobiq ustozining gaplariga bunga dalil: «Kutilmagan muammoga duch keldim. Soat 18:00da futbolchilarga ko‘rsatmalar bergandim, 18:15da esa aytganlarim ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurgandi.

O‘yinchi tarkib bilan bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni oshkor etdi. Bu o‘ta jiddiy masala. Ayrim fransiyalik jurnalistlarning aytishlaricha, bu ishni Kurtuaning otasi qilgan. Sen shunday yo‘l tutdingmi, demak vataningni hurmat qilmaysan. Menimcha, bu sharmandalik».

Ushbu ayblovlardan keyin Tyerri Kurtua darhol Belgiya matbuotiga intervyu berdi: «Hech qachon tarkib bilan bog‘liq ma’lumotlarni jurnalistlarga yetkazmaganman. Futbol o‘ynaganman, Yevropa darajasidagi klub xodimi bo‘lganman. Bunday ma’lumotlarning qanchalik muhimligini bilaman. O‘yinchilarim va hamkasblarim ham buni bilishadi».

Keyinroq «Chelsi» posboni vaziyat bo‘yicha tushuntirish berdi: «Otam ikkimiz janob Vilmotsni bizni ayblagani uchun sudga bermoqchimiz. Bu birinchi marta sodir bo‘lmayapti, ushbu murabbiy, avval ham ommaviy tarzda menga ayblov qo‘yib, obro‘yimga putur yetkazishga uringan.

Shu bois, birgalikda shikoyat bilan sudga murojaat etib, kompensasiya talab qilamiz». O‘z navbatida, murabbiyning advokati ham chiqish qildi: «Vilmotsning aytishicha, Kurtuaning otasi haqidagi ma’lumotni jurnalistlardan olgan. Demak, o‘sha jurnalistlar ustidan arz qilishsin».

Vilmots ham, Kurtua ham joriy mavsumdan qoniqmadilar. Murabbiy Kot-d~Iuvar termasini JCH-2018ga olib chiqolmagach, darhol ishdan bo‘shatildi. Kurtua esa «Chelsi» bilan APLda 4-o‘rindan quruq qolib, keyingi yili Chempionlar Ligasida qatnashmaydigan bo‘ldi.

Mundial arafasida belgiyaliklar kerakli ish bilan shug‘ullanishmayapti. Agar De Bryyunening Belgiya termasidagi taktikani tanqid qilgani, Nainggolanning Martines bilan chiqisholmayotganini inobatga olsak, navbatdagi jahon chempionati ham mojarolarsiz o‘tmaydigandek tasavvur uyg‘onmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:31, 21.05.2018.
O'qildi: 5194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.