Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

JCH-2018dan chetda qolgan Nainggolan Belgiya terma jamoasida faoliyatini yakunladi

JCH-2018dan chetda qolgan Nainggolan Belgiya terma jamoasida faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

"Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolan Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

"Yurakdagi qayg‘u bilan shuni e’lon qilamanki, terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Terma jamoaga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Afsuski, ayrim insonlar uchun bu narsa yetarli bo‘lmadi. Bugundan boshlab Belgiya terma jamoasining bosh fanatiga aylanaman", – deya yozdi Nainggolan o‘zining Instagramdagi sahifasida.

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bugun JCH-2018ga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Nainggolanga joy topilmadi.

Raja Nainggolan Belgiya terma jamoasi safida 2009 yilda debyut qilgan. "Qizil iblislar" safida u jami 29ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Belgiya terma jamoasining JCH-2018 uchun kengaytirilgan ro‘yxati:

Darvozabonlar: Kastels, Kurtua, Sels, Minyole

Himoyachilar: Alderveyreld, Boyata, Siman, Kabasele, Kompani, Djordan Lukaku, MenYE, Vermalen, Vertongen

Yarim himoyachilar: Chadli, De Bryuyne, Mussa Dembele, Dendonker, Fellaini, Eden Azar, Torgan Azar, Yanuzay, Tilemans, Vitsel

Hujumchilar: Batshuai, Benteke, Ferreyra Karrasko, Romelu Lukaku, Mertens

Belgiya terma jamoasi Mundialda Angliya, Panama va Tunis bilan bir guruhdan joy olishgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 18:39, 21.05.2018.
O'qildi: 6700 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик