Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov “Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federasiyasi 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori  Xulio Ronko bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvgaerishgan edi. 

Ushbu kelishuvga asosan bugun  22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishdi. 

 “Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish masalalari muhokama qilindi.

Umid Ahmadjonov Ispaniya futboli bugungi kunda butun jahonda o‘z o‘rniga ega ekanligi, O‘zbekistonda ham Ispaniya futboli andozalari asosida ish olib borish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.  Shuningdek, “Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O‘FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad “Qirollik klubi” akademiyasi ish tajribasini o‘rganish, u yerda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekani ta’kidlandi.

O‘z o‘rnida Andres Antonio O‘zbekistonga tashrif buyurganidan juda xursand ekanini, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, bu yerda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. 

Uchrashuv oxirida Andres Antonio Umid Ahmadjonovga o‘zaro hamkorlik belgisi sifatida “Real Madrid” klubi futbolkasini taqdim qildi. O‘z o‘rnida Umid Ahmadjonov ham Andres Antonio va Xuan Pabloga O‘FAning esdalik sovg‘alarini topshirdi. 

Ertaga ispaniyalik mutaxassislar “Bunyodkor” klubi stadioniga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishadi. Shuningdek, soat 11:00da ular ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilinishi rejalashtirilgan. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:26, 22.05.2018.
O'qildi: 2687 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.