Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Frankfurtda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Frankfurtda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Chet ellarda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan aloqalarni mustahkamlash sa’y-harakatlari doirasida Germaniyaning Frankfurt shahrida futbol turniri bo‘lib o‘tdi.
 
6-marta o‘tkazilgan “Davra kubogi” uchun turnir O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, “Davra” Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati va GFRdagi O‘zbekiston elchixonasi (Berlin) hamkorligida tashkil etilib, unda Germaniya va Chexiyadan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
 
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Germaniyadagi vakillari ishtirok etgan tadbirda 200 dan ortiq Yevropada yashayotgan o‘zbek yoshlari o‘z oilalari va farzandlari bilan qatnashdi.
 
Tadbirda asosiy sport musobaqasi bilan bir qatorda turli milliy o‘yinlarimiz ham tashkil etilib, o‘zbeklar uchun an’anaviy bayram taomi – palov tarqatildi. Turnir mobaynida bir qator o‘zbekistonliklar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Aleksandr Gumboldt nomidagi universitet dosenti, Potsdam geotadqiqotlar markazi ilmiy xodimi Abror G‘ofurov:
 
– Frankfurt shahridagi futbol turniriga 200 dan ortiq vatandoshlarimiz Yevropaning turli shaharlaridan o‘z jamoalari, oilalari va farzandlari bilan kelib, do‘stona musobaqalar o‘tkazmoqda. Bu, albatta, xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun katta ma’naviy va madaniy ozuqa desam, xato bo‘lmaydi. Chunki ko‘pchiligimiz nemis tashkilotlarida ishlab doimo germaniyalik hamkasblar bilan muloqotda bo‘lamiz, asosiy vaqtimizni ular bilan o‘tkazamiz. Bugungi kabi vatandoshlar bilan uchrashuvlar esa bizda yurtimizga bo‘lgan sog‘inchni qaysidir ma’noda qondirishga, o‘zaro fikrlar almashib, urf-odatlarimizga xos suhbatlar o‘tkazishimizga imkoniyat yaratadi.
 
Shu o‘rinda aytish kerak, Vatanimiz taraqqiyotida chet ellarda yurgan o‘zbeklarning ham o‘z o‘rni bor. Ular nafaqat O‘zbekistonga bilim, sarmoya va texnika olib kelmoqdalar, shuningdek, o‘zlari yashayotgan mamlakatlarda yurtimizni namoyish etib, uning madaniyati va urf-odatlarini xorijliklarga ko‘rsatmoqda. Mazkur tadbir uchun tashkilotchilarga minnatdorligimiz cheksiz!
 
“Mana bugun O‘zbekistonning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalari va “Davra” Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan futbol turnirida “Praga-mahalla” jamoasi tarkibida ishtirok etyapman. Musobaqa nafaqat sport tadbiri, shuningdek, Yevropada yashayotgan o‘zbekistonliklarni bir-biri bilan tanishtirish, ularni birlashtirish va o‘zaro muloqotga kirishishlariga imkoniyat yaratuvchi platforma sifatida muhim ahamiyat kasb etadi”, deydi Pragada yashovchi o‘zbekistonlik Olim Obidov.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 21:50, 22.05.2018.
O'qildi: 3026 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик