Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

Hamidjon Aktamov: «30 soniya ortiqchalik qildi»

Hamidjon Aktamov: «30 soniya ortiqchalik qildi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 12-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov hamda jamoadagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Georgiy Kvesiyeshvili qatnashdi.

- O‘yin kutganimizdan ham qiziq o‘tdi. Bizni qo‘llashga kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Ularning bizga katta yordami tegdi. Umuman olganda biz 100 foizlik g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Chiroyli o‘yin bo‘ldi, "Lokomotiv" tajribali jamoa. Ularning ustidan g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Zaxiradan tushgan o‘yinchilarimiz ishonchni oqlay olishmadi. "Lokomotiv"ga omad tilayman.

Sidorovdan ko‘nglim to‘lyaptimi? Sidorov ikki marta termaga chaqirildi kechagi mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Shu boisdan o‘yinga bo‘lgan rejalarni bilmadi. U yaxshi formada. Bilasiz, zaxira o‘rindig‘imiz tor. Shunday bo‘lsa-da, bugun shogirdlarim yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Hech qaysi futbolchimga e’tirozim yo‘q. G‘alabani ushlab qolishimiz uchun 30 soniya yetmadi.

Yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Kamida 5-6 futbolchi bilan tarkibni kuchaytiramiz.

Men faqatgina o‘zimning futbolchilarimning o‘yinlarini kuzataman. "Lokomotiv"ning kuchli va zaif tomonlarini ayta olmayman. Biroq bunday jamoa bilan uchrashuvda durangdan ham mamnun bo‘ldim.

Georgiy Kvesiyeshvili: - Yaxshi o‘yin bo‘ldi, ikki jamoa ham so‘nggi daqiqalarda natija uchun o‘ynadi. "Lokomotiv" bilan yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. Bunday raqiblar bilan uchrashuvda durang ham bizni qanoatlantiradi.

Kiritildi: 02:47, 23.05.2018.
O'qildi: 2386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.