Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Osiyo o‘yinlari oldidan: terma jamoalarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini qizg‘in davom ettirmoqdalar

Osiyo o‘yinlari oldidan: terma jamoalarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini qizg‘in davom ettirmoqdalar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston sport delegasiyasi mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu borada Milliy olimpiya qo‘mitasi terma jamoalarimiz uchun barcha kerakli shart-sharoitlarni yaratib bergan.

Bugungi kunda bir necha sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz Osiyo o‘yinlariga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqdalar. Jumladan, eshkak eshish («Tuyabo‘g‘iz» suv ombori), dzyudo (CHirchiq), boks (Angren), badiiy gimnastika (Toshkent), karate (Bo‘stonliq) bo‘yicha terma jamoa a’zolari ayni paytda mashg‘ulotlarni jadallik bilan davom ettirmoqdalar.

Shuningdek, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan kanoechi va kurashchilarimiz ham Argentinadagi musobaqaga allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborganlar.

Ma’lumot uchun, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegasiyasi Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida 264 kishilik tarkib bilan ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. Ammo musobaqa boshlanishiga yaqin tarkib yanada kengayishi ham ehtimoldan holi emas. Sportchilarimiz 28 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring, deya yozadi olympic.uz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:23, 23.05.2018.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик