Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma 1-1 Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes 3-0 Selta
27/10 19:00 Lasio 3-0 Jenoa
27/10 19:00 Monsa 2-2 Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi 2-1 Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem 2-1 Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas 1-0 Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe 1-1 Valensiya
27/10 21:30 Arsenal 2-2 Liverpul
27/10 22:00 Inter 4-4 Yuventus
27/10 22:30 Betis 1-0 Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina 5-1 Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad 0-2 Osasuna
28/10 16:00 OKMK 1-2 Neftchi
28/10 18:15 Dinamo 1-2 Nasaf
29/10 01:00 Malyorka - Atletik Bilbao
29/10 22:30 Lechche - Verona
29/10 22:30 Kalyari - Bolonya

Pepsi Superliga: “Buxoro” - “Nasaf”. Prevyu

Pepsi Superliga: “Buxoro” - “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

Ikkinchi davrani muvaffaqiyat bilan boshlagan “Nasaf” jamoamiz oliy 13-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu uchrashuv 26 may shanba kuni “Buxoro” arenada soat 19:20da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 13-tur

“BUXORO” – “NASAF”

26.05.2018. “Buxoro” arena. 19:20da

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo‘minjon Majidov (Namangan)

Zaxira hakami: Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon)

Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent)

Komissar: Roman Chernikov.

Ma’lumot uchun, Viktor Serazitdinov mazkur jamoalarning birinchi davradagi, Qarshida bo‘lgan uchrashuvini ham boshqargan edi. Unda "Nasaf" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

 

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 41 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 22 tasida "Nasaf"ning qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik iarshiliklar tomonida 72-39. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g‘alabaga erishgan. Bu hisoblar Buxoroda qayd etilgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan bu yilgi ilk o‘zaro uchrashuvda, "ajdarlar" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

 

Buxorodagi uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Buxoroda 20 marta o‘zaro kuch sinashgan “Buxoro” o‘z uyida 10 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. 4ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. “Nasaf” 6 marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. O‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 58ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik “Buxoro” tomonida 30-28.

O‘tgan yilgi Buxoroda o‘tgan o‘zaro uchrashuvda mezbonlar kichik, 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

 

Buxoro o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

12.08.2017. “Buxoro” – “Nasaf” 1:0

24.04.2016. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2
12.04.2015. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2
15.08.2014. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2
29.10.2013. “Buxoro” – “Nasaf” 1:5

 

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Buxoro” jamoasi hozirgacha 12 uchrashuv o‘tkazgan va bu uchrashuvlar orqali 21 ochko to‘plagan. Ular ayni paytda turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etib turishibdi. “Nasaf” ham joriy chempionatda 12 uchrashuv o‘tkazdi. To‘plagan ochkolari soni 17ta va turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. Jamoamiz o‘tgan tur uchrashuvini o‘z maydonida “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Safarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi esa, 1:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

 

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan yana ma’lumotlar

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab qarshiliklarning sobiq hujumchisi Aleksandr Beynarovich ishg‘ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo‘lib o‘tgan va "Nasaf" raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda "Nasaf" safida to‘p tepgan. So‘nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol urgan "Nasaf" futbolchisi Slavko Lukich bo‘lib turibdi. U birinchi davraning 2-turida bo‘lib o‘tgan Qarshidagi uchrashuvda, qarshiliklarning uchrashuvdagi uchinchi golini kiritgan edi.

Ayni paytda "Nasaf"da murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro‘ziqul Berdiyev, Shuhrat Toshpo‘latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonovlar ham o‘zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.



Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 25 may juma kuni Buxoro shahridagi klub qarorgohi maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



Bo‘lajak uchrashuvga “Nasaf” PFK muxlislar klubi faollari ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yon qo‘shnilar bo‘lmish ikkala jamoa muxlislar klubi ancha yillardan buyon do‘stona aloqa qilib kelishadi. Ashaddiy muxlislar o‘yin kuni “ajdarlar”ni bevosita stadionda turib qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirganlar.

Uchrashuvga marhamat qiling!



Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 13:26, 23.05.2018.
O'qildi: 3335 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.