Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Turkiyalik mehmonlar O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasini yod etishdi

Turkiyalik mehmonlar O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasini yod etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek Butunjahon etnosport konfederasiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Najmiddin Bilol Erdogan va “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegasiya ayni paytda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Kun avvalida mehmonlar Toshkentdagi diqqatga sazovor joylarni aylanishdi, Samarqanddagi kamondan o‘q otish bo‘yicha VI xalqaro «Fotih kubogi» musobaqasiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi.

So‘ngra delegasiya vakillari «Hazrati Hizr» majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovni yod etishdi. Bilol Erdogan marhum Prezidentimiz haqqiga qur’on tilovat qildi. Majmuada Islom Karimov qabriga gul qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, mehmonlarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilovlar hamrohlik qilishmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:21, 24.05.2018.
O'qildi: 3574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик