Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

«Real Madrid» murabbiylari O‘zbekistonga keladi

«Real Madrid» murabbiylari O‘zbekistonga keladi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan  22-23 may kunlari Ispaniyaning “Qirollik klubi” akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo tashrif buyurib,  yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu dasturga asosan endilikda “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishadi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Karlos Albert 2008-2015 yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u “Real Madrid” klubida metodist sifatida ish olib bormoqda.

Ispaniyalik mutaxassislar yurtimizdagi bolalarga futbol bo‘yicha master-klasslar o‘tab berishadi.

2004 va 2008 yillar oralig‘ida tavallud topgan 300 nafar tarbiyalanuvchi ishtirokida master klass tadbiri 2 qismdan iborat bo‘ladi. Dastavval 4-9 iyun kunlari 2006-2008 yillar oralig‘ida tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida, keyin esa 11-16 iyun kunlari 2004 hamda 2005 yilda tavallud topgan futbolchilar uchun o‘tkaziladi.

Har bir viloyatning aholisi sonidan kelib chiqib, O‘FA hududiy federasiyalarga o‘z kvotalarini ajratgan. O‘FA bilan kelishgan holda, Toshkent shahar FF 2006-2007 yillarda tavallud topgan futbolchilar uchun ajratilgan kvotalarini jahon chempioni bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga beradigan bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda, Azamat Abduraimov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham "Real Madrid" klubi akademiyasining tadbirida ishtirok etadi.

"Real Madrid" ishtirokidagi ikkinchi tadbir kuz faslida bo‘lib o‘tadi. O‘FA va “Qirollik klubi” o‘rtasidagi kelishuvga binoan keyingi master klass tadbirini vilotyalarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:35, 24.05.2018.
O'qildi: 5465 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик