Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

Bugun final! «Real» - «Liverpul». Prevyu

Bugun final! «Real» - «Liverpul». Prevyu

Baho:
+2 | -1

Bugun Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi g‘olibi nomi aniq bo‘ladi. Ukraina poytaxti — Kiyev shahridagi "Olimpiyskiy" stadionida "Real" va "Liverpul" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Mazkur o‘yinga qisqacha prevyu shaklida to‘xtalib o‘tamiz.

Finalgacha bo‘lgan yo‘l

"Qirollik klubi" uchun mavsumning dastlabki yarmi u qadar omadli kechmadi. Jamoa Ispaniya chempionatida asosiy raqibidan ancha ortda qolib ketgan bo‘lsa, YECHL guruh bosqichida 2-o‘rinni band etdi. 2018 yilga kelib Zidan jamoasi o‘z formasini tiklab oldi va butunlay boshqacha natijalar qayd eta boshladi. "Qaymoqranglilar" Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Fransiya, Italiya va Germaniya chempionlarini musobaqada chiqarib yubordi. To‘g‘ri, "Real" "Yuventus" va "Bavariya"ga qarshi uchrashuvlarda ancha qiynaldi. Shunga qaramay, finalgacha aynan "Madrid" yetib keldi.

"Liverpul" esa finalgacha bo‘lgan yo‘lda o‘zini ancha erkin his qildi. Mersisaydliklar o‘z guruhlarida 1-o‘rinni egallashdi. Klopp jamoasi nimchorak finalda "Portu"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:0, 0:0). Chorak finalda esa jamoa "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborishini ko‘pchilik kutmagandi. "Liverpul" har ikkala o‘yinda "shaharliklar"ni mag‘lub etdi (3:0, 2:1). Jamoa "Roma"ga qarshi kechgan yarim final bahslarida bitta ko‘p gol urgani evaziga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (5:2, 2:4). Ko‘rib turganingizdek, "Liverpul" pley-off bosqichida birinchi o‘yinda juda kuchli o‘yin ko‘rsatishi evaziga masalani hal qilib qo‘ygan.

Murabbiylarning fikrlari

Yurgen Klopp: "Liverpul" katta g‘alabalarga o‘rgangan. Biz "Real" darajasida emasmiz, ammo futbolda shunday taktikalar borki, raqibni o‘z darajasidan pastroq o‘ynashga majbur qiladi. Bir yarim yil oldin ham yaxshi jamoaga ega edik. Balki, o‘shandayoq final haqida orzu qila boshlagandirmiz. Biz namoyish qilgan o‘yin maqsadimizni amalga oshirishga yordam berdi. Bizda jamoaviy ruh paydo bo‘ldi. Bu bizning eng kuchli qurolimiz. Finalda "Real" favorit, lekin barchasi maydonda hal bo‘ladi. "Madrid" juda kuchli, ammo ular hali bizga to‘qnash kelishmagan. Ko‘p futbolchilarimiz o‘yindan oldin hayajonishi mumkin, bu normal holat. Ha bu mas’uliyatli bahs, ammo shunchaki o‘yin ekanini unutmaslik kerak".

Zayniddin Zidan: "Biz bosimni his qilyapmizmi? Bu hayot. Bosim seni kuchli qiladi. Kim favorit ekanini muxlislar gapirishi mumkin, lekin bu o‘yinda favorit yo‘q ekanini bilamiz. Har qanday final o‘yinida bo‘lgani kabi jamoalarning imkoniyatlari teng. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz o‘zimizni favorit deya hisoblamaymiz. Faqatgina favorit bo‘lganimiz uchungina g‘alaba bizga nasib etishi kerak, deb o‘ylamayapmiz. Qiyin o‘yin kutib turibdi. Final bahsida kamroq muammoga duch kelishni istaymiz, ammo jiddiy ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Men hamisha g‘alaba qozonishni istayman va bundan keyin bu maqsad yo‘lida harakat qilaman".

Rekordlar va natijalar

"Real" Yevropa chempionlar kubogi/Evropa chempionlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — 12ta sovrin. Jamoa so‘nggi 4 yil ichida 3 marta YECHLda g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda "Qirollik klubi" musobaqada ketma-ket ikki marta g‘olib chiqqan ilk jamoaga aylangandi. Endi ular bu ishni ketma-ket uch marta amalga oshirish imkoniyatiga egalar.

"Liverpul" esa Yevropaning klublar o‘rtasidagi bosh sovriniga 5 marta ega chiqqan. Ular musobaqa Chempionlar kubogi deb nomlangan paytda 4 marta, Chempionlar ligasida esa 1 marta (2005 yilda) sovrinni boshlari uzra baland ko‘tarishgan.

Taxminiy tarkiblar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:34, 26.05.2018.
O'qildi: 8287 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.