Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Muxlislar Ramosning jazolanishini talab qilishmoqda

Muxlislar Ramosning jazolanishini talab qilishmoqda

Baho:
+2 | -2

Kecha bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionlar ligasi finalida "Real" himoyachisi Serxio Ramos "Liverpul" yulduzi Muhammad Salohning jarohat olishiga sabab bo‘ldi. Misrlik futbolchi maydonni erta tark etdi, "Qirollik klubi" esa g‘alaba qozondi. "Madrid" sardorining xatti-harakatlari ko‘plab muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Jumladan, Change.org veb-saytida qiziq petisiya paydo bo‘ldi. U orqali ishqibozlar UYEFA va FIFAdan "Real" himoyachisi Serxio Ramosni jazolashni talab qilishmoqda.

Petisiya muallifining fikriga ko‘ra, Ramos Salohga jarohat yetkazish maqsadida ataylab harakat qilgan. Bundan tashqari, muxlislarning fikricha, Serxio bo‘lajak futbolchilar uchun yomon namuna bo‘lmoqda, futbolchi halol kurash o‘rniga turli uslublardan foydalanmoqda.

"UYEFA va FIFA Ramosni jazolashi shart", deyiladi petisiyada. Ma’lumot o‘rnida: 200.000 dan ortiq muxlis mazkur talabnomaga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Salohning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi, u JCH-2018da ishtirok etishi kutilmoqda. Ramos esa Muhammadga sog‘liq tiladi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 00:11, 28.05.2018.
O'qildi: 14090 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик