Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“CHelsi” nishonidagi Sarri top murabbiy emasmi?

“CHelsi” nishonidagi Sarri top murabbiy emasmi?

Baho:
+ | -

“Aristokratlar” va neapolliklarning sobiq futbolchisi Dalla Bona “Chelsi”da Antonio Kontening o‘rnini egallashi kutilayotgan Maurisio Sarri haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashkan, uning murabbiylik qobiliyatini shubha ostiga oldi. Qizig‘i, italiyalik murabbiy ingliz futboli havosiga moslasha olmas ekan.

 

Kontening “Chelsi”dan ketishi oydinlashgan bir paytda, poytaxt klubi “Napoli” bosh murabbiyi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bona londonliklar uchun 73 marta maydonga tushgan bo‘lsa, “Napoli”ga 2004-yilda A Seriyaga qaytishida katta hissa qo‘shgan edi.

37 yoshli sobiq futbolchi Sarrining “Napoli”da olib borayotgan ishidan hayratlanayotgan bo‘lsada, murabbiy so‘nggi uch mavsumidan beri hali qo‘lga arzigulik sovrin ola bilmadi.

“Sarri har doim ajoyib futbol namoyish qilgan. “Napoli” yaxshi tio‘imga ega, biroq “Yuventus” yomon o‘yin ko‘rsatsada, har yili sovringa ega chiqmoqda” – deydi Bona.

“Fikrimcha, Sarri chempion bo‘lish va top murabbiyga aylanish uchun so‘nggi qadamni qo‘yishi kerak. U ajoyib murabbiy ammo dunyo saviyasidagi murabbiy emas chunki u hech nima yutgani yo‘q. Bu uning top murabbiy emasligidan dalolat beradi” – deya o‘z fikrlarini to‘ldirib qo‘ydi.

“Men futbolda yaxshi uslubni tomosha qilishni yoqtiraman, lekin alal-oqibat bunday futbol bilan sovrin yutmaslik ko‘p narsani anglatmaydi. “Yuventus” chiroyli o‘ynamasada, har yili sovrinlar yutib oladi. Men Kontening “Chelsi”ga kelgan paytlarini yaxshi bilaman. U tug‘ma g‘olib. Fakt shuki, u ikki sovrin yutdi va barchasini isbotladi. Ular Liga va Angliya Kubogini yutib oldi.”

Dalla Bona shuningdek Sarrining “Chelsi”da ishi yurishmasligini ochiq-oydin aytib o‘tdi. Bunga Londondagi muhit uning muvaffaqiyatga erishishiga jiddiy ta’sir qilishini sabab qilib ko‘rsatdi.

“Agarda Sarri “Chelsi”ga keladigan bo‘lsa, u yaxshi murabbiy bo‘lishiga qaramay, hech nima yuta olmaydi. U bundan avval biror nima yutishi kerak. U buni “Chelsi”da qila olmaydi deb qo‘rqaman. Ayni vaqtda, Roman Abramovich klubiga borish to‘g‘ri qaror emas. O‘ylaymanki, italyanlarning tilni yaxshi gapira olmasligi sabab moslashishi juda qiyin kechadi.”

“60 ga kirgan Sarrining Londonga borishi, muhitning o‘zgarishi, ingliz tilini biroz bilishi kabi faktorlarni nazarga olsak, bu nima tugaydi, aytish qiyin.”

Sarri “Napoli” bilan 2017-18-yilgi mavsumda A Seriyada 91 ochkolik klub rekordini o‘rnatdi. Ammo bunday raqamlar ham Skudettoni yutishiga yordam bera olmadi. Boisi “Yuventus” qatorasiga 7-chempionlik sovrini mavsumni 95 ochko bilan tugatdi.

“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis esa jamoani kelasi mavsumdan Karlo Anchelotti qabul qilib olishini ma’lum qildi.

Dalla Bona esa Anchelotti neapolliklar uchun ajoyib o‘zgarish bo‘lganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bu haqiqiy shok bo‘ldi. Chunki Davomi «Futbol olami» blogida

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:45, 28.05.2018.
O'qildi: 4855 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.