Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ernan Krespo: «Maradona Messining hamyurti ekanligimdan faxrlanaman»

Ernan Krespo: «Maradona Messining hamyurti ekanligimdan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo Rossiyaga tashrif buyurdi. Ayni payt Italiya «A» seriyasiga qaytgan «Parma»da vise-prezident lavozimida ishlayotgan Krespo Sankt-Peterburgda JCH-2018 munosabati bilan ochilgan «Futbol parki» mehmoni bo‘ldi.

Krespo u yerga tashrif buyurganida, dastxat oluvchilar navbatga turishlariga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Ernanga uning jamoasi guruhdagi so‘nggi uchrashuvini aynan Peterburgda o‘tkazishini, mundial yo‘llanmasini Messi tufayli qo‘lga kiritganini eslatib qo‘­yishdi.

- Nigeriyaga qarshi uchrashuv juda muhim bo‘ladi. Lekin biz argentinaliklar terma jamoamiz «pley-off» masalasini ikki turdayoq hal qilishidan umidvormiz, - deb gap boshladi Krespo.

- Messi haqida gapiradigan bo‘lsam, u jahonning eng yaxshi futbolchisi. Argentina terma jamoa­si nihoyat, jahon chempionligini qo‘lga kiritsa ajoyib bo‘lardi. O‘shanda Messi jahon chempioni sifatida tarixga kirardi.

- Rossiyada ikki marta o‘yin o‘tkazgansiz: «Parma» bilan UYEFA kubogida zafar quchgansiz va YECHL doirasida SSKAni mag‘lub etgansiz. Har ikki o‘yinda ham gol urgansiz.

- O‘sha damlarni yaxshi eslayman. UYEFA kubogi Yevropadagi birinchi sovrinim edi. Rossiyaga qaytish men uchun boshqacha bo‘lgan. Ikkinchi tashrifimda SSKAga qarshi «Inter» safida o‘ynaganman. O‘shanda 2:1 hisobida zafar quchgandik. Bu safar esa futbol o‘ynash uchun kelmadim. Shunga qaramay, hissiyotlar ajoyib.

- Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi safida besh nafar argentinalik futbolchi to‘p surmoqda. Ularni taniysizmi?

- Driussi va Kranevitter bilan tanishman. Ular ham men kabi faoliyatlarini «River Pleyt»da boshlashgan. Paredes esa ashaddiy raqibimiz - «Boka Xuniors»da o‘ynagan. Lekin uni «Roma»dagi faoliyati orqali yaqindan taniyman.

Shuningdek, Krishito bilan birga o‘ynaganman. Shu bois ham uni yaxshi bilaman. U va Manchini «Zenit»dan ketishdi. Ikkisi ham bu klub haqida iliq fikrlar bildirishdi.

- Manchini bilan qanday ishlagansiz?

- U bilan kechgan xotiralar ajoyib. «Inter»da ikki yil birga faoliyat yuritganmiz. Har ikkisida ham Italiya chempionligini qo‘lga kiritgandik. «Zenit»dagi faoliyati qanday kechganini bilmayman.

- «Zenit» YECHLda chorak final yoki yarim finalga qadar yetib borishi uchun yana qaysi argentinalik futbolchi jamoa safida o‘ynashi kerak?

- Messi! Agar g‘olib bo‘lishni istasangiz, albatta, Leoni xarid qilishingiz kerak. Ammo uning transferini «Barselona» bilan kelishib olish juda qiyin bo‘ladi. Chunki Leo o‘ta qimmat turadi. Lekin g‘alaba kerak bo‘lsa, bir futbolchi darkor. U ham bo‘lsa - Messi.

- Jahon chempionatlaridan olgan eng yorqin taassurotlaringiz qaysi?

- Mundial - eng katta orzu. Kimga futbol yoqsa, u jahon chempionatida o‘ynashni niyat qiladi. Ushbu musobaqada ishtirok etish esa faxrdir.

- Mundiallardagi eng esda qolarli o‘yiningiz?

- Bir uchrashuv o‘ta muhim bo‘lgan. JCH-2006dagi dastlabki o‘yinimizda (Argentina - Kot-d~Ivuar - 2:1) menga katta mas’uliyat yuklatilgandi. Yoshlarga o‘rnak bo‘lishim talab etilardi. Messi, Maskerano. Men o‘zimni ko‘rsatishga intilganman.

- Kim kuchli - Diyego Maradonami yoki Lionel Messi?

- Shuni unutmangki, biz yulduzlarning ikkisi ham argentinalik bo‘lgani uchun faxrlanamiz. Qay biri kuchli ekanligi haqida o‘ylamaymiz. Shunchaki, o‘yinlaridan rohatlanamiz. Ularni solishtirish sport aspektidan yuqori.

Messi jahon chempioni bo‘lsa, bu borada Maradona bilan tenglashib oladi. Leoning sovrinlari Diyegonikidan ko‘p. Bir so‘z bilan aytganda, ularni taqqoslab bo‘lmaydi.

- Kim chempion bo‘ladi, deb so‘ramaymiz. To‘purarlik kimga nasib qiladi?

- U Argentina terma jamoasi o‘yinchisi bo‘lishiga umid qilaman. Turnirga barcha kuchli jamoalar yo‘l oladi. Natijalarni oldindan aytish qiyin.

To‘g‘ri, Messi, Ronaldu, Suares, Levandovski kabi to‘purarlar bor. Lekin mundialning o‘ziga yarasha syurprizlari bo‘ladi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:48, 29.05.2018.
O'qildi: 4019 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.