Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Shavkat Salomov: «Samolyot ichida aytilgan holis niyat yoxud oyoq uchida o‘ynaladigan futbol tugadi»

Shavkat Salomov: «Samolyot ichida aytilgan holis niyat yoxud oyoq uchida o‘ynaladigan futbol tugadi»

Baho:
+ | -

“Buxoro” jamoasi sardori Shavkat Salomov bilan “Buxoro”- “Neftchi” uchrashuvidan so‘ng dildan suhbatda bo‘ldik“Buxoro” jamoasi sardori Shavkat Salomov bilan “Buxoro”- “Neftchi” uchrashuvidan so‘ng dildan suhbatda bo‘ldik va uning samimiy so‘zlarini  muxlislarga yetkazishni vazifamiz deb bildik.

-  Shavkat aytingchi ma’lumki siz oldin ham “Buxoro” da to‘p surgansiz, keyin Qozog‘istonda o‘ynadingiz, Falakni gardishimi yana sizni yangi “Buxoro”da ko‘rib turibmiz?

-  To‘g‘ri, avvalo meni “Buxoro”ga qaytishimga sababchi bo‘lgan inson bu Ulug‘bek Baqoyev bo‘ladi. Biz Ulug‘bek aka bilan deyarli har kuni, ikki – uch o‘yindan so‘ng gaplashib turardik.  Oldinlari bitta jamoada to‘p surganmiz.  Shundan buyon biz doim deyarli birgamiz. Shuning uchun u inson menga xuddi akamdek yaqin ison bo‘lib qolgan. Menda o‘ynashim uchun 2008 yilda jamoa bor edi. 2007 yil esa qolmoqchi edim lekin afsus rejalar o‘xshamadi. Chunki men shartnoma imzolagan edim hamki Ulug‘bek Baqoyev jamoani oldi.  Bir qiziq suhbat esimga tushdi. 2014 yil fevral oyining boshlari edi.   Ulug‘bek aka bilan Turkiyaga samolyotda uchib borayotganimizda Ulug‘bek aka menga Shavkat agar men murabbiy bo‘lsam jamoamda to‘p surasanmi? deb savol berib qoldi. Shunda avval jamoani olingchi, nasib etsa albatta? o‘ynayman degandim. Mana niyat holis ekanmi bilmadim, oradan shuncha vaqt o‘tib Ulug‘bek Baqoyev boshchiligidagi “Buxoro” jamoasi safidaman va bundan juda xursandman.

Shavkat aka “Buxoro” ning muxlislariga qiziq bo‘lgan bir savol bermoqchiman. Nega jamoa tur boshidan o‘z uyida  yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonib kelmoqda ammo, safarda yaxshi harakat qilsa ham ko‘p hollarda mag‘lubiyatga uchramoqda? Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

-  Shu savolni deyarli barcha muxlislar so‘rashadi, hatto, telefon orqali ham so‘raydidal. Ishonsangiz shu holat bizni o‘zimizga ham juda qiziq. Chunki safarda birinchi bo‘lib o‘yinni yaxshi boshlaymiz, birinchi gol uramiz va qarabsizki goldan so‘ng bari orqaga ketadi. Balki mehmondaligimiz maydonda erkin harakat qilishimizga qaysidir jihatdan to‘siq bo‘lar yana bilmadim... Lekin ma’lum vaqt bosh murabbiy shuni sababini bilish ustida jamoa futbolchilari bilan birma-bir suhbatlashib, qayerda qanday xatoga yo‘l qo‘yilayotganligi hususida kerakli taktikalarni qo‘llamoqda. Yaqin orada buni ham bir yoqadan bosh chiqarib bartaraf qilamiz. Biz uchun mamlakati chempionatida kuchli yoki kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Hamma bir xil va biz bundan oldin ham bundan keyin ham  shunga qarab ish tutganmiz va davom ettiramiz.

-  Mana birinchi davra tugashiga ham qisqa kunlar qoldi. Jamoa sardori sifatida shaxsan “Buxoro”ning  xozirgi va avvalgi tarkibi xaqida nima deya olasiz?

-  Muxlislarni ham birinchi navbatda aynan shunday savol qiziqtiradi. Mana sizga ham ularga ham shuni ayta olamanki, 2016-2017 yillardagi “Buxoro”dagi tarkib birinchi shu superligada o‘ynasa edi keyin men qaysi biri kuchli ekanligini aytishim mumkin bo‘lardi. 2016 yil boshqa, 2017 yil boshqa chempionati. Hozirgisi esa umuman boshqa chempionat. Bular tub-tubidan bir-biri bilan katta farq qiladi. Ko‘ryapsiz kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Superligada ochko olish juda qiyin bo‘lyapti. Avvalgi chempionatni uchta g‘alabasi xozirgi chempionatning bitta g‘alabasiga teng bo‘lyapti (kulib). Xullas, avvalgi tarkiblar ham kuchli edi lekin hozirgi chempionatda o‘ynagandan so‘ng ular haqida bir narsa deyishim qiyin. Tarkib qanday ekanligini turnir jadvalidagi  o‘rnimizdan  ham ko‘rishingiz mumkin.

-  San’at Shixovni terma jamoaga chaqirilgani haqida nima deya olasiz?

 

-  Bundan to‘g‘risi jamoadoshlar bilan  birga xursand  bo‘ldik. Barakalla  San’at juda maxoratli va ma’suliyatli  futbolchi.  O‘tgan yilgi o‘yinlariga nisbatdan ancha unda o‘sish bor. Hammasiga mehnati, o‘z ustida ishlagani, murabbiy o‘gitlarini yaxshi o‘zlashtirgani sabab  mana natijasini  ko‘rmoqda. Urugvayda ham yahshi natijalar ko‘rsatib g‘alaba uchun hissasini qo‘shishiga ishonamiz! Omadini  bersin.

- Yana Ulug‘bek  Baqoyev  haqida...

-  Ulug‘bek aka haqida gapiradigan bo‘lsam u inson menga ham do‘st ham akamdek. Biz Irtishda ham birga edik. Deyarli hamma vaqt birgamiz.  Qozog‘istonda bo‘lgan vaqtimda ham xar bir o‘yindan so‘ng telefonlashib turardik. Baqoyev juda talabchan va qattiqqo‘l. Faqat futbolda, ishda uni qattiqqo‘l ekanligini ko‘rasiz.  Balkim shuning  uchun yosh bo‘lishiga qaramay yaxshi va yuqori natijalarni qo‘lga kirityapti. Muxlislar o‘ylashmasin u faqat maydonda asabiylashadi, baqiradi deb.  Yo‘q, Ulug‘bek aka asosan  futbolda, mashg‘ulotlar chog‘ida  jiddiylikni va talabni oshiradi. Aslida futboldan tashqarida u samimiy va  ochiq ko‘ngil inson. Hamma narsani joy-joyida ishlatadi. Shunday inson bilan ishlayotganligimdan xursandman.

- Rejalaringiz haqida bilsak...

-   Xudo hoxlasa “Buxoro” bilan  nafaqat 6 talikka kirish balki OCHL ga ham chiqish niyatlarimiz bor. Aytishadik-u, oyni ko‘zlamasang cho‘qqiga chiqa olmaysan deb. Nasib etsa, bundan keyin ortga yo‘l yo‘q. Faqat oldinga harakat,  faqat olg‘a !

- “Bunyodkor” bilan kechadigan uchrashuvda qanday natijani kutyapsiz?

- Aslida har bir o‘yinda g‘alaba uchun chiqamiz.  Bu uchrashuvda ham g‘alaba uchun bor kuchimizni, maxoratimizni ishga solamiz. Barcha jamoalarni hurmat qilamiz xoinki pasda bo‘lsin xox bizdan yuqorida  barchasiga qarshi bir xil maqsadda o‘yinga chiqamiz. Bu endi futbol. Oldindan xech kim bilmaydi maydonda nimalar bo‘lishini. Bilganda edi futbol sporti butun jahon bo‘yicha birinchi o‘rinda turmas edi. Shuning uchun bizdan faqat harakat. Murabbiyni ko‘rsatmalarini to‘liq bajarib, jon–jahdimiz bilan maydonda o‘zimizni ko‘rsatsak ko‘zlagan natijamizga erishamiz. Chunki oyoqni uchida o‘ynaydigan futbol tugadi endi.

- “Buxoro” muxlislari   haqidagi fikringizni bilsak?

- Muxlislarga gap bo‘lishi mumkin emas! Biz futbol o‘ynayotgan vaqtimizda atrofdagi, tribunadagi muxlislarni qo‘llab-quvatlashlarini ham kuzatamiz. Ularning daldasi bir tomondan bizga katta kuch va g‘ayrat inom etadi.  Shu o‘rinda ularga katta rahmat aytaman turli vaziyatlarda ham bizni qo‘llab- quvvatlab turishgani uchun. Safarga ketsak, biz bilan bo‘lishadi. Quvonsak qo‘shilishib xursand bo‘ladi.Mag‘lub bo‘lsak dalda berishadi. Ular e’tirofga loyiq. Ularni shunchalik qayg‘urishiga yutmasang ham uyalasan kishi. Barchalariga omad tilayman.Bizni qo‘llab-quvvatlashdadavom etishsin va charchashmasin. Biz futbolni ular uchun o‘ynaymiz.

“Buxoro” PFK matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:22, 30.05.2018.
O'qildi: 4585 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.